Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

  •   DiMaX
  •  1103
  •  15.11.2019 09:49

Nihoyat, Huawei ham 5G-buklamafonini sota boshladi, lekin kutilganidan ham qimmat!

Samsung o‘zining Galaxy Fold flagmanining savdoga chiqishini rosa kechiktirgan bo‘lsa, Huawei ham bu borada undan qolishgani yo‘q. Qayishqoq ekranli Mate X bahorda bozorga chiqishi kerak edi, keyin uni yozga qoldirishdi, so‘ng esa – kuzga...

O‘QING: Yarim yil kutilgan smartfon aytilganidan naq ming dollarga qimmat narxda sotuvga chiqyapti!

Lekin bu gal xitoylik texnogigant o‘z so‘zida turdi – bugundan, ya’ni 15 noyabrdan Mate X 5G mahalliy bozorga chiqarildi. Hozircha Xitoyda uni faqat bitta konfiguratsiyada – 8/512 gigabaytlik tezkor/ichki xotirali variantda xarid qilish mumkin.

Mate X 5G’ning ushbu versiyasi Kirin 980 chipsetiga tayanadi, u Huawei’ning o‘z ishlanmasi bo‘lmish 5G-modem – Balong 5000 chipi bilan to‘ldirilgan. Flagmanning narxi esa 2420 AQSh dollari ekvivalentiga to‘g‘ri keladi – bu esa janubiy koreyalik raqibidan ham qimmat. Keyingi yil mart oyida esa uning yangilangan – Kirin 990 5G protsessorli Mate Xs talqini chiqishi kutilmoqda.

Darvoqe, yaqinda bo‘lib o‘tgan ICTWEEK 2019 haftaligi doirasidagi ICTEXPO 2019 ko‘rgazmasida ishtirok etgan Terabayt.uz jamoasi Huawei Mate X buklamafonini ishlatib ko‘rgan. Ushbu jarayonning videosini mana bu havola orqali YouTube-kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa oldingi avlod Huawei smartfonlarini 1 045 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: To‘rtta narx toifasiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar reytinglari (AnTuTu, 2019 yil oktyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!