Nihoyat, «ikki tomonlama 4G-flagman» – Nubia X taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1163
  •  31.10.2018 16:34

Nihoyat, «ikki tomonlama 4G-flagman» – Nubia X taqdim etildi!

ZTE kompaniyasi, nihoyat, o‘zining «alomat» smartfoni – har ikki tomonida to‘laqonli ekranga ega Nubia X modelini rasman namoyish qildi. Uning nafaqat ekrani, balki barmoq izi skaneri ham ikkitadan!

O‘QING: VIDEO: ikkita OLED-ekranli Nubia X flagmani ilk reklama roligida!

Nubia X asosiy displeyi diagonaliga 6,26 dyuymlik, tasvir uzatishi esa Full HD+ formatida (1080x2280 pikselli). Orqa paneldagi AMOLED-displey ham chakkimas: 5,1 dyuymlik, HD+ formatli (1520x720 pikselli).

Gadjetning bittagina megapiksellik qo‘shaloq kamerasi bor, xolos – orqa ekran tepasida. Uning 16 megapiksellik asosiy datchigi f/1.8 diafragmali bo‘lib, tezkor avtofokus funksiyasiga ega. Unga 20 megapiksellik va f/1.7 diafragmali ikkinchi modul hamrohlik qiladi. Kamera portret rejimi hamda sahnalarni tanib oluvchi «sun’iy idrok» bilan ta’minlangan.

Smartfonning apparat ta’minoti asosini sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori tashkil etadi. Tezkor xotirasi 6 va 8, doimiy xotirasi esa 64, 128 va 256 gigabaytlik variantlarda chiqadi. 3800 mA/soatlik batareyasi esa Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

ZTE ushbu devaysini ikkita SIM-karta sloti, 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5, GPS + GLONASS interfeyslari va USB Type-C porti bilan ta’minlagan. Afsuski, 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda NFC moduli yo‘q.

Devaysning korpusi alyuminiydan ishlangan bo‘lib, o‘lchamlari 154,1x3,30x8,64 millimetrni, vazni esa 181 grammni tashkil etadi. Smartfon Nubia UI 6.0 grafik qobig‘i ostidagi Android 8.1 Oreo tizimi bilan ishlaydi.

O‘QING: MWC 2018’da rekord: eng antiqa dizaynli smartfonlar va boshqa gadjetlarni kim olib kelgan?

Nubia X korpusining har ikkala yon qirrasida bittadan daktiloskopik skaneri bor. Ya’ni, qaysi tomonidan ushlasangiz ham shu sensorga barmoq bosib, tizimni blokdan chiqara olasiz. Shuningdek, bu datchiklarni «Orqaga» va «Uyga» tugmachalari o‘rnida ham qo‘llash mumkin.

Nubia X qora, kul rang va tillarang tusli korpuslarda taqdim etiladi. Narxi esa tezkor/doimiy xotirasining hajmiga qarab: 6/64 GBlik varianti 473 dollar, 8/128 GBlik talqini 530 dollar, 8/256 GBlik versiyasi esa 602 dollarga teng.

Darvoqe, kupertinolikning iPhone X yubiley flagmanining nomi «Ayfon ten», ya’ni «O‘ninchi ayfon» deb o‘qiladigan bo‘lsa, Nubia X unaqa emas – «Nubia iks» tarzida o‘qiladi.

O‘QING: RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!