Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

  •   DiMaX
  •  3222
  •  25.10.2018 13:55

Nihoyat, ilk 5G-smartfon – Xiaomi Mi Mix 3 taqdim qilindi: atigi 475 dollardan boshlanuvchi, rekord «operativka»li flagman!

Xiaomi kompaniyasi kuni kecha rekord darajadagi – 10 gigabaytlik tezkor xotiraga ega kuchli smartfonini dunyo ahliga ko‘rsatgan edi. Endi esa, nihoyat, shu va boshqa jihatlariga ko‘ra tengsiz bo‘lgan Mi Mix 3 flagmanini ham rasman namoyish etdi.

O‘QING: 10 GB «operativka»li ilk smartfon – Xiaomi Black Shark 2 taqdim etildi!

Xiaomi Mi Mix 3 modeli «xitoycha Apple»ning nostandart slayder form-faktoriga ega ilk qurilmasidir. Uning Super AMOLED ekrani diagonaliga 6,39 dyuymga, tasvir aniqligi esa 2340x1080 pikselga teng.

Smartfonning apparat ta’minoti asosini taxmin qilinganidek Snapdragon 855 (Snapdragon 8150) emas, balki Qualcomm kompaniyasining ayni damdagi flagman protsessori – yakka kristalli Snapdragon 855 chipi tashkil etadi. Modifikatsiyasiga qarab qurilmaning tezkor xotirasi 6, 8 va hatto 10 gigabaytlik, ichki xotirasi esa 128 va 256 gigabaytlik variantlarda taqdim etiladi.

Xiaomi Mi Mix 3 asosiy kamerasi har biri 12 megapikselli ikkita datchikni o‘z ichiga oladi. Lekin kam yoritilgan sharoitlarda ham uning tasvirga olish sifati uch modulli bosh kameraga ega Huawei P20 Pro flagmanidan qolishmaydi.

Turli qurilmalar kameralarining suratga olishini xolis baholovchi DxOMark professional servisi yangi flagmanning rasmga olish sifati uchun 108 ball qo‘ygan, Huawei P20 Pro natijasi esa 114 ballga teng. Xiaomi Mi Mix 3’ning umumiy bahosi 103 ballni tashkil etgan, ya’ni u Galaxy Note 9 fableti bilan birga to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni baham ko‘rgan.

Shuningdek, kuni kecha chiqqan yana bitta ma’lumot ham tasdiqlandi – Xiaomi Mi Mix 3 asosiy kamerasi soniyasiga 960 kadr chastotasida videoroliklar yoza oladi!

Flagmanning old kamerasi ham qo‘shaloq – 24 (Sony IMX 576) hamda 2 megapikselli datchiklardan iborat.

Aytish kerakki, Mi Mix 3 modeli Xiaomi kompaniyasining to‘rtta kameraga ega ikkinchi smartfoni bo‘ldi.

O‘QING: Redmi Note 6 Pro – Xiaomi’ning to‘rtta kamerali, iPhone X dizaynli ajoyib smartfoni!

Uchinchi avlod Mi Mix flagmanining 3850 mA/soatlik akkumulyatoriga 10 vattlik simsiz quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan.

Shuningdek, taqdimotda Mi Mix 3 smartfonida ilovalarning ishga tushirilish tezligi ham Huawei P20 Pro modeli bilan taqqoslab ko‘rsatishdi. Xiaomi flagmani anchagina tezkor chiqdi – u o‘z yurtdoshi bo‘lgan texnogigantning eng zo‘r smartfonidan 24:04 hisobida ilgarilab ketdi.

Eng muhim jihatlaridan biri shuki, Xiaomi Mi Mix 3 flagmani – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi ilk smartfondir! Bunday imkoniyat esa dunyoning turli mamlakatlarida keyingi yilning birinchi choragidan taqdim etila boshlashi aytilayotir.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Avval ham xabar berilganidek, Xiaomi Mi Mix 3 uch xil rangdagi korpuslarda savdoga chiqariladi.

Uning narxlari esa, tezkor/doimiy xotirasi hajmiga bog‘liq holda, quyidagicha bo‘ladi:

6/128 gigabaytlik – 475 dollar;

8/128 gigabaytlik – 520 dollar;

10/256 gigabaytlik – 575 dollar;

10/256 gigabaytlik (maxsus Forbidden City talqini) – 720 dollar.

Taqdimotda yangi flagmanning 1 noyabrdan, uning maxsus Forbidden City talqini esa noyabrning oxirida savdoga chiqarilishi aytildi. «Xitoycha Apple»ning allaqachon sotuvga chiqqan boshqa smartfonlarini, jumladan, 2018 yilning aprelidan to oktyabriga qadar benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘ldan bermay kelayotgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani uchun esa Terashop.uz internet-do‘konimizda onlayn usulda buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Black Shark, Pocophone F1 va boshqa Xiaomi smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 25 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.