Nihoyat, insayder Nokia 8’ning ilk renderini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1947
  •  18.07.2017 14:42

Nihoyat, insayder Nokia 8’ning ilk renderini e’lon qildi!

Kechagina HMD Global insayderi bo‘lgan manba kompaniyaning navbatdagi flagmani xususiyatlarini oshkor etdi. Unga ko‘ra, Nokia 8 modeliga Snapdragon 835 chipi o‘rnatilgan, deb yozadi AndroidInsider.ru

Nokia flagmani 4 gigabaytlik tezkor va 64 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘ladi. Uning relizi shu oyning oxiridayoq bo‘lib o‘tadi. Kecha tunda mobil aloqalar rivojlanishi bo‘yicha taniqli tahlilchi hisoblangan Evan Blass mazkur gadjetning renderini e’lon qilgan.

9to5Google resursi vakillarining xabar berishlaricha, bu suratni ularga @Evleaks taqdim etgan. Avvaliga u smartfonning Zeiss optikasiga ega qo‘shaloq kamerasi rasmini, keyin esa butunicha telefon renderining tasvirini chop etgan.

Smartfon to‘q ko‘k rangli korpusga ega. Uning ekrani yon tomonlari qayrilma shaklda, old panelidagi mexanik tugmacha esa barmoq izi skaneri bo‘lib ham xizmat qiladi. Ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirish/yoqish tugmachalari telefonning o‘ng yonida joylashgan, uning chap tomoni esa bo‘sh. Smartfon modeli HMD Global TA-1012 deb ataladi, u orqa panelda yozib ham qo‘yilgan.

 Nokia 8’ning taqdim etilish sanasi hozircha aniq emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!