Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

  •   DiMaX
  •  2795
  •  28.01.2021 17:44

Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni reytingida ikkitaginasi ayfonlar edi. Shunga qaramasdan, Counterpoint Research tadqiqot kompaniyasi o‘tgan yilning so‘nggi choragi yakunlariga ko‘ra Apple hammadan ko‘p smartfon sotganini e’lon qildi.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

Hisob-kitoblarga qaraganda, kupertinolik korporatsiya 2020 yilning to‘rtinchi kvartalida smartfon sotish bo‘yicha katta sakrash qilgan. iPhone 12 turkumining o‘tgan chorakda xaridorlar tomonidan yaxshi kutib olinishi evaziga ayfonlar savdosi 22 foizga o‘sgan. Oldingi avlod ayfonlar sal arzonlashtirilgani tufayli ularga bo‘lgan talab ham pasaymagan.

Xullasi kalom, Apple o‘tgan yilning oxirgi choragida jami 82 milliontacha smartfon sotgan va bu bilan bozorning 21 foizini egallagan. Xususan, u Xitoyning premial smartfonlar segmentida o‘z o‘rnini mustahkamlab olgan. Kompaniya bosh direktori Tim Kuk ta’kidlashicha, «Osmon osti saltanati»da eng ko‘p sotilayotgan har uchta premial smartfonning ikkitasini Apple ishlab chiqargan.

Samsung esa dunyo smartfon bozorining 16 foizini egallab, ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Kuchli beshtalikka yana Xitoyning uchta smartfonsozi – tegishlicha Xiaomi, Oppo hamda Vivo kirgan. Huawei pastlab bormoqda – o‘tgan chorakda u 6-o‘ringa tushgan.

O‘QING: Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Agar bitta chorak emas, balki butun 2020 yilda sotilgan smartfonlar soniga qarasak, unda Samsung yetakchilikni qo‘ldan bermaganini ko‘ramiz. Apple bunda ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, yil davomida sotgan telefonlari bo‘yicha kuchli uchlikka Huawei ham kirgan.

Reytingning keyingi pog‘onalaridan mos tarzda Xiaomi, Oppo, Vivo hamda Realme joy olgan. Bulardan so‘nggisi o‘tgan yili eng tez o‘sib kelayotgan brend sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (3-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!