Nihoyat, ko‘p maqtalgan rolli o‘yin Android uchun ham chiqyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  1093
  •  20.05.2021 10:44

Nihoyat, ko‘p maqtalgan rolli o‘yin Android uchun ham chiqyapti! (+video)

Geymerlar orasida ko‘proq ruscha nomi – «Vedmak» bilan tanilgan «Jodugar» o‘yinini polyak dasturchilari yaratishgan (originalida – «Wiedźmin», inglizchada – «The Witcher»). Uning bir necha versiyasi chiqqan bo‘lib, shulardan biri «Thronebreaker: The Witcher Tales» deb nomlangan.

O‘QING: Ommabop rolli o‘yin – «Jodugar»ni bepul va butunlay olib qo‘ying!

«Thronebreaker: The Witcher Tales» o‘yini ruschada «Krovnaya vrajda: Vedmak. Istorii» (yoki «Vedmak. Istorii: Krovnaya vrajda») – «Qonli qasos: Jodugar. Qissalar» deb nomlangan va 2018 yili taqdim etilgan. O‘shandan beri uni Windows, PlayStation 4, Xbox One, Nintendo Switch hamda iOS platformalariga chiqarishgan va o‘yin ko‘p maqtalgan, Android’ga esa endigina navbat keldi.

Thronebreaker: The Witcher Tales o‘yinini «yashil robotchali» gadjetlarga 17 iyundan o‘rnatib olish mumkin bo‘ladi. Hozir esa uni yuklab olish uchun mana bu havola orqali Google Play servisida oldindan ro‘yxatdan o‘tib qo‘yish mumkin.

Ushbu fentezi-o‘yin qisman bepul, ya’ni uni bir necha soat mobaynida tekinga, hech qanday cheklovsiz o‘ynasa bo‘ladi. Keyin esa davom ettirish uchun uni xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi.

«Qonli qasos: Jodugar. Qissalar» o‘yinining narxi hozircha ma’lum emas, uning relizi kuni bu borada ham barcha tafsilotlari oydinlashsa kerak.

O‘QING: Afsonaviy shuter-o‘yin smartfonlarga ham chiqdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!