Nihoyat, O‘zbekistonda ham aloqasiz to‘lov tizimi ishga tushdi – HUMO kartalarining birinchi emissiyasi!

  •   DiMaX
  •  2065
  •  03.05.2019 09:51

Nihoyat, O‘zbekistonda ham aloqasiz to‘lov tizimi ishga tushdi – HUMO kartalarining birinchi emissiyasi!

Joriy yilning 1 mayidan boshlab Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) aholi uchun HUMO to‘lov tizimining kartalarini chiqara boshladi. Poytaxt aholisi HUMO kartalari orqali aloqasiz to‘lovlarni birinchilardan bo‘lib amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Humo tizimi ish boshlagach, Uzcard plastik kartochkalari ishlamay qoladimi?

Mazkur to‘lov tizimini sinash maqsadida dastlabki kartalar joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa 20 ta bank xodimlari uchun chiqarilgandi. Avval xabar berilganidek, Toshkent shahrida NFC-modullari bilan jihozlangan 47 mingtadan ko‘p HUMO terminallari o‘rnatilgan. Joriy yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarini qamrab olish va terminallar sonini 250 mingtagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Endi Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlari aholisi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda aloqasiz va pinsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda 50 ming so‘mgacha bo‘lgan xaridlarni amalga oshirishda PIN-kodni kiritish talab etilmaydi, biroq xavfsizlik maqsadida PIN-kodi kiritilmagan holda amalga oshirilgan ikkita tranzaksiyadan keyingi to‘lovlar uchun PIN-kodni kiritish talab etiladi.

– Aloqasiz to‘lovlar mohiyati, avvalambor, uning qulayligidadir. Bizning barcha terminallarimiz va kartalarimiz NFC-modullari bilan jihozlangan. Ya’ni, iste’molchi kartani faqatgina terminalga tekkizgan holda xaridlarni amalga oshirishi mumkin. Biz xaridorlar o‘z kartalarini kassirlarga uzatib, PIN-kodini ma’lum qilishlariga qarshimiz. Axir bank kartasining birgina raqamini ma’lum qilish shaxsiy ma’lumotdan foydalanish ehtimoli demakdir. Shu munosabat bilan bizning barcha turg‘un terminallarimiz surilma klaviaturalar bilan jihozlangan bo‘lib, karta egasi uning yordamida PIN-kodni o‘zi kiritishi mumkin bo‘ladi, – dedi BMPM direktori Shuhrat Qurbonov.

Shuningdek, BMPM direktori xabar berishicha, joriy yilning sentyabr oyiga qadar 5 million dona karta chiqarilishi, yil yakuniga qadar esa HUMO tizimi butun mamlakat uchun ommabop qilinishi rejalashtirilgan. Ish haqini o‘tkazish uchun kartalar ochish bepul amalga oshiriladi, boshqa kartalar qiymati esa har bir bankning tegishli tariflariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa kartalar jumlasiga kredit, overdraft, kobrending kartalari va boshqalar kiradi.

HUMO kartalarini ochish uchun tizimning Toshkent shahridagi istalgan ishtirokchi-banki filialiga murojaat qilishingiz mumkin. HUMO Milliy to‘lov tizimi haqidagi batafsil ma’lumot www.humocard.uz saytida joylashtirilgan.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!