Nihoyat, PlayStation 5 taqdimot kunini Sony rasman e’lon qildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  912
  •  30.05.2020 12:38

Nihoyat, PlayStation 5 taqdimot kunini Sony rasman e’lon qildi! (+video)

Sony kompaniyasining yangi – PlayStation 5 o‘yin pristavkasini geymerlar anchadan beri kutishadi. Biz uning render videosi, shuningdek, konsolning va geympadning ilk «jonli» rasmlari, deyarli barcha xususiyatlari ham e’lon qilganmiz. Yana...

O‘QING: Sony nihoyat PlayStation 5 uchun DualSense geympadini taqdim etdi

Games Beat portalining jurnalisti Jeffri Grabb uning 4 iyun kuni namoyish etilishini aytgan edi. Sony’ning quyidagi tviti uning adashmaganini ko‘rsatmoqda:

Yuqoridagi qisqa videodan anglashiladiki, PlayStation 5 o‘yin konsoli 2020 yilning 4 iyun sanasida, Tinch okeani vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadigan tadbirda rasman taqdim etiladi. Toshkent vaqti biln esa bu 5 iyunga o‘tar tundagi soat 01:00 ga to‘g‘ri keladi.

Sony ushbu marosimning o‘zini «videoo‘yinlar kelajagi», deb atamoqda. Taqdimotni onlayn formatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish uchun u boshlanganida mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.