Nihoyat, Realme ikkita "to‘rtko‘z"ni namoyish qildi!

Nihoyat, Realme ikkita

Aytib o‘tganimizdek, Realme o‘zining ikki yangi smartfoni – Realme 5 va Realme 5 Pro’ni taqdim qildi. Ushbu qurilmalar Snapdragon protsessoriga va to‘rtta datchikdan iborat asosiy kameraga ega bo‘lgan. Namoyish davomida kompaniya keyingi oyda 64 megapiksellik asosiy kameraga ega Realme XT’ni ko‘rsatishini aytib o‘tdi.

Ikkala smartfonning ko‘rinishi deyarli bir xil, biroq xususiyatlari butunlay farq qiladi. Kichik model HD+ aniqligidagi 6,5-dyumli tomchisimon kemtikli ekranga ega bo‘lgan. Smartfon o‘lchami 164,4x75,6x9,3 mm, og‘irligi 198 gramm.

Realme 5 modeli Snapdragon 665 protsessori, 3/4 GB operativ va 32/64/128 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Unga 10 vattlik tezkor quvvatlanuvchi 5000 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan.

Old kamera 13 MP, asosiy kamera esa 12, 8, 2 va 2 MP lik datchiklardan tashkil topgan. Ikkinchi modul keng burchakli suratga olish, uchinchi datchik portret chuqurligini aks ettirish, to‘rtinchi datchik esa makro suratga olish vazifasini bajaradi.

Realme 5 turli xotirali talqinlariga mos ravishda 140, 155 va 165 dollardan narxlangan. Smartfon moviy hamda binafsha ranglarida ishlab chiqariladi.

Realme 5 Pro esa aniqligi Full HD+ bo‘lgan 6,3-dyumli displeyga ega bo‘lgan. Ushbu modelda 16 MPlik selfi-kamera, 48 MPlik asosiy kamera datchigi o‘rnatilgan. Asosiy kamera modulining qolgan uchta datchigi esa huddi kichik modeldagidek.Изображение

Realme 5 Pro’ga Snapdragon 712 protsessori o‘rnatilgan. Operativ xotira 4 dan 8 gacha, doimiy xotira esa 64 GB/128 GBni tashkil qilgan.

ИзображениеAytish lozimki, Realme 5 Pro “ukasi”ga qaraganda ancha ixcham va qulay ishlangan, ammo buning evaziga akkumulyator sig‘imi 4035 mA/soatgacha kamaygan. Shunga qaramay uni 20 Vtlik VOOC texnologiyasi yordamida bir zumda to‘ldirish mumkin.Изображение

Realme 5 Pro’ni 195 dollardan 235 dollargacha bo‘lgan narxda sotib olish mumkin bo‘ladi. Ushbu model moviy hamda zangori ranglarda ishlab chiqariladi.

O‘QING: "To‘rtko‘z" Redmi Note 8 Pro ilk marotaba “jonli” suratlarda namoyon bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!