Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

  •   DiMaX
  •  5566
  •  14.05.2019 11:39

Nihoyat, Redmi flagmanlari nomini Xiaomi rasman aytdi: ular «Qotil» ekan! (+narxi)

Shu paytgacha xabarlarda Redmi brendining flagman smartfoni turli nomlar bilan atalib kelayotganidan xabaringiz bor. Ularga ko‘ra, bu smartfon Redmi X, Redmi 855, Redmi Pro 2, Redmi Q va hatto Redmi K20 Pro deb nomlanishi mumkin.

O‘QING: Barcha Mi 9’lardan kuchli Redmi 855 flagmani taqdimot oldidan Xiaomi rasmiy saytida!

Bugun esa Xiaomi bularga rasman aniqlik kiritdi: yangi flagman bitta emas, balki bu turkumga ikkita model – Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro kiradi.

Bu ikki smartfonning farqi faqat protsessorida: standart flagmanda Snapdragon 730 chipi, uning Pro-versiyasida esa eng ilg‘or Snapdragon 855 chipi qo‘llanadi. Smartfonlarning boshqa barcha xususiyatlari bir xil bo‘ladi.

O‘QING: Redmi K20 Pro tezkorligi Xiaomi vitse-prezidentini cho‘chitib yubordi: u barcha Mi 9’lardan kuchli!

Brend rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) so‘zlariga ko‘ra, flagman nomidagi «K» harfi «Killer» so‘zini anglatadi. Bu so‘zning ma’nosi esa o‘zbekchada «qotil», «kushanda» deganidir.

Anglagan bo‘lsangiz kerak: bu yerda Redmi’ning ushbu smartfonlari «flagmanlar kushandasi» bo‘lishiga ishora qilinmoqda.

Redmi K20 va Redmi K20 Pro shu oyning o‘zida taqdim etilishi va 400 dollardan kam narxda savdoga qo‘yilishi aytilayotir. Shu kungacha bozorga chiqqan ayrim rusumlardagi Xiaomi telefonlarini esa allaqachon 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Redmi 7, Mi Play va Redmi Note 7 arzonlashdi! Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari (2019 yil 13 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!