Nihoyat, Redmi K40 flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytishdi!

  •   DiMaX
  •  758
  •  09.02.2021 16:18

Nihoyat, Redmi K40 flagmanlarining taqdimot kunini rasman aytishdi!

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi brendi tayyorlagan Redmi K40 flagmanining taqdimoti hali bo‘lib o‘tmagan esa-da, Redmi brendi rahbari allaqachon uni ishlatib ham yuribdi. Lekin endi loaqal uning keng jamoatchilikka rasman ko‘rsatilish kuni aniq bo‘ldi.

O‘QING: Redmi K40 flagmanlari nafaqat Mi 11, kerak bo‘lsa Galaxy S21 Ultra bilan bellasha oladi!

Xiaomi Group China vitse-prezidenti Lu Veybing (Lu Weibing) uzoq kutilgan ushbu smartfonning rasmiy anonsi aks ettirilgan tizerni e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, Redmi K40 namoyishi 25 fevralda bo‘lib o‘tadi.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, mazkur flagman brend ishqibozlariga kompaniyaning xitoycha Yangi yil bayrami tuhfasi bo‘ladi. Turkumga standart flagmandan tashqari yana Redmi K40 Pro modeli ham kirishi kutilmoqda.

Brend yetakchisi yana Redmi K40 mutlaqo yangicha dizaynga ega ekanligiga ham urg‘u bergan. Shu paytgacha mazkur modelning turli xususiyatlarini insayderlar aytib kelishmoqda; ular safiga qo‘shilgan yangi xabarlarga ko‘ra, bu qurilma simsiz usulda quvvat olmaydi. Lekin akkumulyatorining tok sig‘imi 4500-5000 mA/soat orasida bo‘lib, simli usulda 33 vattlik texnologiya asosida zaryadlanadi.

O‘QING: Xiaomi yana inqilobiy smartfon yaratdi: umuman port va tugmachasiz, to‘rt tomoni «sharshara» displey... («jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!