Nihoyat, Roskomnadzor rasman Telegram’ni blokdan chiqardi!

  •   DiMaX
  •  239
  •  19.06.2020 15:46

Nihoyat, Roskomnadzor rasman Telegram’ni blokdan chiqardi!

Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati 2018 yildan beri Telegram messenjerini rasman bloklab qo‘ygan edi. Lekin foydalanuvchilar baribir yo‘lini topib undan foydalanib kelishayotgandi, oxiri kuni kecha Roskomnadzor bu taqiqni bekor qildi.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

Mazkur messenjer asoschisi – Pavel Durovning bu haqdagi rasmiy posti e’lon qilingan bo‘lib, Telegram Uzbekistan uni o‘zbek tiliga o‘girgan va unda shunday deyiladi:

Ajoyib yangilik – Roskomnadzor Rossiyada Telegram’ni rasman blokdan chiqardi. Men barcha rossiyalik Telegram foydalanuvchilarini ushbu ijobiy o‘zgarish bilan tabriklayman – va bu o‘zgarish uzoq muddatli bo‘lishiga umid qilaman.

Blokdan chiqarish natijasida amalda nima o‘zgaradi? Rossiyadagi Telegram mobil ilovalarining barqarorligi va tezligi oshishi kerak. Telegram kanallari va xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalari VPN’ga ulanmasdan ham ishlaydi, bu esa kanal va chatlar ishtirokchilarining ko‘payishiga olib keladi. Shu bilan birga, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash rejasida hech qanday o‘zgarish yo‘q – shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va shaxsiy yozishmalarning maxfiyligi barcha mamlakatlarda Telegram’ning asosiy qonun-qoidasi bo‘lib qolmoqda.

Blokirovkadan chiqarish IT-tadbirkorlar va investorlar uchun yaxshi belgi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Rossiya hukumatining ushbu va boshqa sohalardagi bunday harakatlari optimizm tug‘dirmoqda. Umid qilamanki, ijobiy harakatlar yo‘nalishi saqlanib qoladi va Rossiya raqamli sohada o‘z imkoniyatlarini amalga oshira oladi.

So‘nggi ikki yil ichida Telegram’dan foydalanishda davom etgan barcha rossiyaliklarga rahmat. Sizning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bu vaqt davomida jamoamizni ilhomlantirdi. Ishonamanki, ushbu qo‘llab-quvvatlash bugungi tadbirning sabablaridan biriga aylandi.

O‘QING: Telegram o‘z tarixidagi eng yirik zarbaga uchradi va $1,7 mlrd.lik loyihasidan ayrildi!