Nihoyat, Samsung dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1068
  •  15.08.2018 19:08

Nihoyat, Samsung dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi!

Joriy yilning boshidagi CES 2018 ko‘rgazmasida janubiy koreyalik gigant o‘zining ayrim qurilmalarini namoyish etgandi. Ammo anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan yopiq tadbirda u 5G-modemini ham ko‘rsatgan.

O‘QING: Samsung 5G-modemi – Exynos 5 ham tor doirada taqdim etildi

Bugun – 2018 yilning 15 avgustida Samsung jahondagi birinchi 5G-modem –  Exynos Modem 5100 chipini rasman taqdim qildi. Ushbu modem 3GPP (3rd Generation Partnership Project) standartlariga to‘laligicha mos keladi.

Exynos Modem 5100 o‘n nanometrlik texnologik jarayon asosiga qurilgan bo‘lib, beshinchi avlod tarmog‘ida ishlashi bilan birga, hatto eskirgan aloqa standartlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ya’ni, ushbu chip 2G GSM / CDMA, 3G WCDMA, TD-SCDMA, HSPA, 4G LTE tarmoqlarida ishlay oladi.

Samsung’ning da’vo qilishicha, yangi modem avvalgi avlod tarmoqlaridagiga nisbatan 5 karragacha yuqori tezlikda ma’lumot almasha oladi.

Janubiy koreyaliklarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Exynos 5100 modemi joriy yilning oxirigacha tijoriy bozorga chiqariladi. Ehtimol, bu chip Samsung’ning navbatdagi smartfonlaridan birida o‘z debyutini amalga oshirar.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!