Nihoyat, Samsung ham ekrani «tirqish»li Galaxy A8s’ni taqdim etyapti – Huawei’ga yo‘l bo‘lsin!

  •   DiMaX
  •  1544
  •  04.12.2018 10:49

Nihoyat, Samsung ham ekrani «tirqish»li Galaxy A8s’ni taqdim etyapti – Huawei’ga yo‘l bo‘lsin!

Xabaringiz borki, Samsung o‘zining Galaxy A8s modelida old kamera uchun ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgandi. Ammo allaqachon xuddi shunday smartfon «qo‘lga tushgan», Huawei uning rasmiy posterini tarqatgan edi.

Tag‘in bu ikkalasidan ham avval Lenovo’ning «teshik» ekranli smartfoni «jonli» surati bilan fosh etilgan, keyinroq esa uning «jonli» video va rasmi e’lon qilingan edi. Va nihoyat, «tirqish»li displeyga ega ilk smartfonni taqdim etayotganini birinchi bo‘lib Huawei rasman e’lon qilgan, tag‘in boshqalardan «bir qadam oldinda» ekanini aytib maqtangan ham edi.

O‘QING: Nihoyat, «teshik» ekranli ilk smartfon taqdimot sanasini rasman aytishdi!

 Ammo Samsung «otni qamchilab» qoldi – uning Galaxy A8s smartfoni baribir Huawei Nova 4 modelidan avval namoyish etiladigan bo‘ldi! Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan mana bu rasmiy posterga ko‘ra, uni 10 dekabrda taqdim etishadi:

Shunisi ham borki, bu hali «teshik» ekranli ilk smartfonni Samsung chiqaradi, degani emas. Zero, allaqachon «jonli» videolari ham tarqalgan Lenovo Z5S modelining taqdimot sanasi hozircha aytilmay turibdi...

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizdan Samsung kompaniyasining ayrim smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin. Shuningdek, unda xitoylik texnogigantning bir qator «aqlli» telefonlari ham savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!