Nihoyat, Samsung «kambag‘albop flagman»larini taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  4131
  •  09.06.2018 17:24

Nihoyat, Samsung «kambag‘albop flagman»larini taqdim etdi!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S9 turkumi flagmanlari yuksak texnologiyalar bilan birga, yuqori narxga ham ega. Shuning uchun ham kompaniya ushbu modellarning nisbatan hamyonbop talqinlari – Galaxy A9 smartfonlarini chiqarayotgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Samsung Galaxy S9: «kambag‘allar uchun» smartfon

Kuni kecha – 2018 yilning 9 iyun sanasida Samsung o‘zining o‘rta narxli Galaxy A9 Star hamda Galaxy A9 Star Lite modelli smartfonlarini rasman namoyish qildi.

Bu ikki modelning bir xil jihatlari ko‘p: 2220x1080 piksel sig‘imli SuperAMOLED-displey, Qualcomm sipsetlari, 4 gigabaytlik tezkor xotira, 24 megapikselli selfi-kamera, orqa paneldagi daktiloskopik datchik, NFC moduli hamda Experience 9.0 grafik qobig‘idagi Android Oreo operatsion tizimi.

Farqlariga keladigan bo‘lsak, Galaxy A9 Star gadjeti Snapdragon 660 protsessoriga va diagonaliga 6,28 dyuymlik ekranga ega. Uning doimiy xotirasi hajmi 64 gigabaytga, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3700 mA/soatga teng. Smartfonning asosiy kamerasi 16 va 24 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga olgan, ular iPhone X dizaynida joylashtirilgan. Smartfonda zamonaviy USB Type-C porti hamda FM-radio mavjud.

O‘QING: Tanishing: Samsung Galaxy A9 Star va A9 Star Lite smartfonlarining «jonli» fotosi hamda tavsifi

«Aka-uka»larning «kichkina»si – Galaxy A9 Star Lite esa 6 dyuymlik ekran bilan kifoyalangan, chipseti ham Snapdragon 450 modeliga mansub. 3500 mA/soatlik batareyadan kuch olib ishlaydigan bu smartfon 32 gigabayt ichki xotiraga ega. Garchi selfi uchun 24 megapikselli kamera ajratilgan bo‘lsa-da, Galaxy A9 Star Lite modeli asosiy kamerasi «bundayroq» – 5 va 16 megapikselli datchiklardan iborat.

«Kambag‘albop flagman»larning savdosi 15 iyundan boshlanadi. Ularning «to‘ng‘ich»i uchun Samsung 470 dollari so‘rayapti, «kenja»si uchun esa – 310 dollar.

Ushbu smartfonsozning ko‘plab modellardagi boshqa smartfonlariga esa Terashop.uz onlayn do‘konimizda buyurtma berish imkoni mavjud.

O‘QING: XUShXABAR: Terashop.uz internet-do‘konimiz ishga tushdi! O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Samsung smartfonlarining 570 000 so‘mdan boshlangan narxlari (2018 yil 8 iyun)