Nihoyat, Samsung o‘z flagmanlaridagi katta xavfni bartaraf etdi (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1434
  •  24.10.2019 14:18

Nihoyat, Samsung o‘z flagmanlaridagi katta xavfni bartaraf etdi (+«jonli» video)

Janubiy koreyaliklarning bu yilgi flagman telefonlari – Galaxy S10 turkumi vakillarida hamda Galaxy Note 10 fabletida yaqinda jiddiy muammo aniqlangan edi. Ya’ni, ularning ekraniga integratsiya qilingan daktiloskopi har qanday barmoq izi bilan ham aldab, qurilmani qulfdan chiqarish mumkin ekan!

O‘QING: Galaxy S10'dagi kamchilik tuzatiladimi? Samsung nima dedi?

Mazkur muammo ekraniga original bo‘lmagan, arzon himoya plyonkalari yopishtirilgan smartfonlarda kuzatilayotgan edi. Mana, ma’lumotlar muhofazasidagi mazkur zaiflik qanday ishlashini amalda ko‘ramiz:

Samsung nihoyat mazkur kamchilikni bartaraf etdi – ushbu flagmanlar uchun yangilanishlarini chiqardi. Endi kompaniyaning Galaxy S10 seriyasidagi smartfonlarini yoki Galaxy Note 10 planshetofonini ishlatayotgan foydalanuvchilar o‘z qurilmalarini yangilab, shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlab olishlari tavsiya etiladi.

O‘QING: Rekordchi smartfon: atigi 170 dollarlik, lekin quvvati 10 kunga yetadi! (+«jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.