Nihoyat, «teshik» ekranli ilk smartfon taqdimot sanasini rasman aytishdi!

  •   DiMaX
  •  1436
  •  03.12.2018 13:57

Nihoyat, «teshik» ekranli ilk smartfon taqdimot sanasini rasman aytishdi!

Samsung o‘zining Galaxy A8s modelida old kamera uchun ekranda «tirqish» ochayotganini e’lon qilgandi. Ammo allaqachon xuddi shunday smartfon «qo‘lga tushgan», Huawei uning rasmiy posterini tarqatgan edi.

Tag‘in bu ikkalasidan ham avval Lenovo’ning «teshik» ekranli smartfoni «jonli» surati bilan fosh etilgan hamda rasmiy posteri e’lon qilingan edi.

O‘QING: Galaxy A8s hamda Huawei Nova 4’dan ham avval: «teshik» displeyli Lenovo Z5S’ni «jonli» video va rasmda ko‘ring!

Endi esa Huawei ushbu smartfonining taqdimot sanasini rasman e’lon qildi. Agarda Lenovo «otni qamchilab», «tirqish»li displeyga ega modelini undan avval namoyish qilmasa, xitoylik texnogigantning mazkur gadjeti shu texnologiyaning ilk taklif etuvchisi bo‘ladi.

Posterda ko‘rib turganimizdek, Huawei Nova 4 deb nomlangan bu smartfon joriy yilning 17 dekabrida rasman namoyish etiladi. Uning uch modulli bosh kameraga, yakka kristalli ilg‘or Kirin 980 protsessoriga, 6 GBlik tezkor va 128 GBlik ichki xotiraga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, u EMUI 9.0 grafik qobig‘i ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Huawei’ning ayrim rusumlardagi smartfonlarini 890 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Huawei smartfonlari narxlari (2018 yil 24 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!