Nihoyat, uzoq kutilgan Mi Band 4 taqdimot sanasi e’lon qilindi!

Nihoyat, uzoq kutilgan Mi Band 4 taqdimot sanasi e’lon qilindi!

 «Xitoycha Apple» o‘tgan yili may oyining so‘ngida Mi Band 3 fitnes-bilaguzugini taqdim etgandi. Ayni damda esa Mi Band fitnes-bilaguzuklarining to‘rtinchi avlodi – Xiaomi Mi Band 4 ustida ishlamoqda. Avvalroq qurilmani “jonli” suratlarda, qutisidan ochib ham ko‘rsatishgandi. Xitoylik ishlab chiqaruvchi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida qurilma surati tushirilgan rasmiy tizerni e’lon qildi. Unga ko‘ra namoyish 11 iyunda bo‘lib o‘tadi.

Tizer suratdan Xiaomi Mi Band 4 ko‘plab funksiyalarga va uzoq vaqt davom etuvchi avtonomlikka ega bo‘lishini anglash mumkin. Shu bilan birgalikda qurilma arzonligicha  qoladi. Mi Band 4’ning asosiy o‘ziga xosligi rangli ekrani bo‘lib, avvalgi avlodlar uchun qo‘llanilgan oq-qora displeydan voz kechilgan. Shuningdek, fitnes-bilaguzuk XiaoAI ovozli yordamchisini ham qo‘llab quvvatlaydi.

Mi Band 4

Avval aytilganidek, Xiaomi Mi Band 4 Bluetooth 5.0'ni qo‘llab-quvvatlaydi va 135 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma NFC bor yo‘qligiga qarab ikki xil talqinda ishlab chiqariladi. NFC funksiyasiga ega talqin 72 dollarni, NFC mavjud bo‘lmagani esa 28-43 dollar atrofida bo‘ladi. 

O‘QING: Mi Band 3 «kushandasi» – NFC modulli Honor Band 4 «jonli» suratlarda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.