Nihoyat, uzoq kutilgan Xiaomi CC turkumidagi ilk uchta smartfon taqdim qilindi!

Nihoyat, uzoq kutilgan Xiaomi CC turkumidagi ilk uchta smartfon taqdim qilindi!

Xiaomi SS lineykasi doirasidagi ilk smartfonlarini namoyish etdi. Ushbu seriya o‘z ichiga – SS9, SS9ye va SS9 Meitu Custom Edition modellarini mujassamlashtirgan.

CC9 modeli 6,39 dyumli Full HD+ aniqligidagi AMOLED-displey, Qualcomm Snapdragon 710 protsessoriga ega bo‘lgan. CC9e’ga esa 6,08 dyumli HD+ aniqligidagi AMOLED-displey va avval taxmin qilganimizdek, yap-yangi Snapdragon 665 protsessori o‘rnatilgan.

Ikkala smartfonga ham uchtalik asosiy kamera, 32 MPlik selfi-kamera, ekran osti barmoq izi skaneri va 4030 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilgan.

Смартфон Xiaomi CC9 представлен официально: 48-мегапиксельная камера, аккумулятор емкостью 4030 мА·ч и.. всего лишь Snapdragon 710

Turli variantlarda ushbu gadjetlar 4/6 GB va 64/128 GB xotiraga ega bo‘ladi. Smartfonlar oq, ko‘k va qora ranglarda ishlab chiqariladi.

CC9 Meitu Custom Edition esa oddiy SS9 modelidan 8 gigabaytlik operativ va 256 gigabayt doimiy xotirasi hamda marvarid rangi bilan ajralib turadi.

Hozircha yangi qurilmalarni faqatgina Xitoyda buyurtma qilish imkoniyati mavjud. Narxlarga keladigan bo‘lsak, CC9 4/64 GB - 262,83 dollar, CC9e 4/64 GB - 189,78 dollar hamda CC9 Meitu Custom Edition 8/256 GB - 379,71 dollardan sotuvga chiqariladi. Smartfonlar haqida batafsil to‘liq tavsifimizda yanada yaqinroq tanishib chiqamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

O‘QING: Xiaomi rahbari CC9, CC9 Meitu Edition hamda CC9e smartfonlarining o‘zaro farqlarini aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!