Nihoyat, «O‘zbektelekom» ham koronavirus sababli ta’lim va OAV saytlaridan foydalanishni bepul qildi

  •   DiMaX
  •  3100
  •  20.03.2020 17:08

Nihoyat, «O‘zbektelekom» ham koronavirus sababli ta’lim va OAV saytlaridan foydalanishni bepul qildi

2020 yil 18 martdan Beeline aloqa operatori boshlab abonentlariga qator yangiliklar saytlarini bepul qilgan, keyin esa Mobiuz (sobiq Universal Mobile SystemsUMS) ham o‘z abonentlariga shunday imkoniyatni taqdim etgan edi. Shuningdek, Ucell ham koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga hissa qo‘shish uchun ta’lim va axborot saytlarini narxlashsiz taqdim etishini e’lon qildi.

O‘QING: TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

Va nihoyat, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi ham o‘z mijozlariga yengilliklar taqdim etdi. U o‘zining simli internet (Uzonline) va mobil aloqa (Uzmobile filiali) abonentlari uchun karantin davrida qator ommaviy axborot vositalari saytlari hamda ta’lim manbalaridan bepul foydalanish, shuningdek mobil aloqa abonentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yagona «1003» qisqa raqamli ishonch telefoniga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi*.

To‘liq va ishonchli ma’lumot hamda masofaviy ta’lim olish uchun 2020 yil 20 martdan 1 maygacha UZTELECOM abonentlari cheklovsiz va internet-trafik sarf etmagan holda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin:

Onlayn ommaviy axborot vositalari:

Koronavirus tarqalishining interaktiv xaritasi:

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

«1003» qisqa raqami orqali kechayu kunduz faoliyat yuritadigan ishonch telefoniga qo‘ng‘iroqlar ham mobil aloqa abonentlari uchun doimiy tarzda bepul bo‘ladi.

Axborot markaziga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq savollar, kishining va uning yaqinlari salomatligi holati bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Bundan tashqari, «1003» raqami orqali mutaxassislardan «tibbiyot nuqtai nazaridan asosli javoblar va tavsiyalar» olish mumkin.

«ZiyoNET» xizmati – yoshlarga va o‘sib kelayotgan avlodga ta’limga oid manbalardan foydalanishni tashkillashtirish imkoni beradi. Ushbu axborot resurslari yagona reyestri bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

* Izoh: bepul foydalanish quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

  • abonent holati faol bo‘lishi kerak;
  • bepul kirish ta’minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, Abonent tarif rejasiga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi. Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish ta’minlanmaydi.
  • «ZiyoNET» xizmatdan bepul foydalanish faqatgina GSM standartidagi mobil aloqa abonentlariga taqdim etiladi.

O‘QING: Endi yaqinlaringizni o‘z megabaytlaringiz bilan «Qo‘llab yubor»a olasiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!