Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Redmi 9A va kutilmagan Redmi 9C taqdimot sanasini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1070
  •  29.06.2020 14:02

Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Redmi 9A va kutilmagan Redmi 9C taqdimot sanasini e’lon qildi!

Redmi 9A rusumli arzon smartfon haqidagi ilk ma’lumotlar shu yilning fevral oyi boshidanoq tarqala boshlagan. U bilan birga Redmi 9C modeli ham chiqishi, hatto ularning narxlari ham joriy oy boshida bir aytildi-yu, bu mavzu yana tinchib qoldi.

O‘QING: Xiaomi rasmiy saytiga kutilmaganda eng arzon Redmi 9A smartfoni va Mi Band 4C smart-trekeri chiqdi!

Xiaomi kompaniyasining Malayziya bo‘limi endi ushbu ikkita arzon smartfonning taqdimot kuni haqida rasmiy poster chiqardi. Unga ko‘ra, Redmi 9A hamda Redmi 9C modellari 30 iyun kuni, ya’ni ertagayoq namoyish etiladi!

Bu yerda mazkur smartfonlarning akkumulyatori sig‘imdor va ekrani katta ekanligi yozilgan, displeyning tomchisimon kemtikli ekanligi ko‘rsatilgan. Oldin tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi 9A 6,53 dyuymlik IPS-ekranga ega, rezolyusiyasi HD+ formatida (1600x720 piksellik). Bu smartfonda MediaTek Helio G25 protsessori, 3/32 GBlik xotira, 5000 mA/soatlik batareya, USB Type-C porti va 3,5 millimetrlik audiotirqish mavjud. Old kamerasi 5, asosiy kamerasi esa 13 megapiksellik yakka sensorlardan iborat bo‘lgan Redmi 9A uchun kompaniya taxminan €100 — €120 so‘raydi.

Redmi 9C esa texnik jihatlariga ko‘ra Redmi 9A bilan bir xil, faqat doimiy xotira hajmi 64 gigabaytga yetkazilgan va bosh kameraga 2 megapiksellik ikkinchi modul qo‘shilgan. Bozorga uni taxminan €130 — €150 narxida chiqarishadi.

O‘QING: Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon (kompaniya rahbari nazdida)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!