Nihoyat, yapon olimlari koronavirusni atigi 30 soniyada o‘ldiruvchi gadjet yaratishdi

  •   DiMaX
  •  525
  •  11.01.2021 11:59

Nihoyat, yapon olimlari koronavirusni atigi 30 soniyada o‘ldiruvchi gadjet yaratishdi

2020 yil bahorda amerikalik biologlar koronavirusning klassik musiqaga o‘xshovchi «ovozi»ni yozib olishgan edi. Keyinroq esa Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishgan. Yaqindagina esa ushbu virus oqsil tarkibining ilk uch o‘lchamli tavsiri e’lon qilingan.

O‘QING: Olimlar koronavirus vaksinasi turlari aks etgan videoni ulashishdi

Yaponiyadagi Mainichi nashrining xabar berishicha, mahalliy olimlar SARS-CoV-2 virusini yarim daqiqadayoq 99,99 foizga yo‘q qilish imkonini beruvchi qurilma yaratishgan. «Handy UV emitter» nomli bu moslamadagi uzoq muddatli svetodiod to‘lqin uzunligi 280 nanometr, optik quvvati esa 70 millivatt bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini taratadi.

Xabarga ko‘ra, koronavirusga to‘lqin uzunligi 265 nanometrlik ultrabinafsha nurlari bilan ta’sir qilib, uni butkul o‘ldirish mumkin. Bunda qurilmaning xizmat qilish muddati atigi 2000 soatni tashkil etadi. Lekin nurning to‘lqin uzunligini 280 nanometrga chiqarish bilan, gadjetning yaroqlilik muddatini taxminan 10 karraga oshirish mumkin. Bunda uning ishlash samaradorligi pasaymaydi ham, deyishmoqda olimlar.

O‘QING: Ilon Mask nega koronavirus vaksinasi qabul qilishni rad etdi?

Koronavirus kushandasini yaratgan Nichia kompaniyasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, mazkur qurilmani shamollatish (ventilyasiya) tizimlarida qo‘llab, havoni virusdan tozalash mumkin. Kompaniya bu gadjetdan 20 donasini Tokusima prefekturasi (viloyati) hokimligiga, yana 30 donasini esa shu yerdagi universitetga tuhfa etgan.

Tokusima universiteti olib borgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Handy UV emitter chindan samarali. U 5 santimetrgacha masofada koronavirusning 99,99 foizini yo‘q qila oladi.

Nichia kompaniyasi allaqachon mazkur texnologiyani qo‘llovchi qurilmalarni ishlab chiqish va sotish rejalarini yaponiyalik ishlab chiqaruvchilar bilan muhokama qilmoqda.

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!