Nikoh uchun ideal juft tanlab beruvchi dastur yaratildi!

  •   DiMaX
  •  2931
  •  17.07.2019 10:10

Nikoh uchun ideal juft tanlab beruvchi dastur yaratildi!

Stenford universiteti talabalari ishlab chiqqan yangi dastur nikoh uchun eng maqbul juft topishga yordam beradi. Marriage Pact nomli dastur bunda nomzodlarning umumiy qadriyatlariga tayanadi.

O‘QING: Endi nikoh qurish uchun onlayn tarzda ariza berish mumkin!

Ushbu dasturga asos bo‘lgan algoritm foydalanuvchilarga ularning dunyoqarashlarini o‘rganuvchi savollar beradi. Javoblarni o‘rganib chiqib, shu asosida kishilarning bir-birlariga mos kelish-kelmasliklarini aniqlab beradi.

Talabalar bu dasturni 2017 yilning kuzida, o‘quv loyihasi tarzida yaratishni boshlashgan. Juft tanlash uchun umumiy qadriyatlar birinchi o‘ringa qo‘yilgan, zero, ular qiziqishlarga nisbatan turg‘undir. Jismoniy jozibadorlikni esa talabalar unchalik muhim parametr emas, deb topishgan.

Algoritm uchun ma’lumotlar to‘plash niyatida talabalar boshqalarga ushbu loyihada ishtirok etishni taklif qilishgan. Keyinchalik loyihani dastur ko‘rinishiga keltirishgan. Tadqiqotda jami 7600 kishi ishtirok etgan. Ular anketalar to‘ldirishgan, algoritm esa ishtirokchilarning javoblarini taqqoslab, har biri uchun «ideal» juftlarni tanlab bergan. Loyiha qatnashchilari dastur bergan tavsiya asosida sheriklarini topib ko‘rishsa – sobiq sevishganlari bo‘lib chiqqan!

Shunday bo‘lsa-da, Marriage Pact yaratuvchilari o‘z algoritmlari ishlayotganini payqashgan va loyihani davom ettirishmoqda. Kelajakda uni to‘laqonli kompaniyaga aylantirish niyatlari ham yo‘q emas...

O‘QING: Noodatiy nikoh uzuklari qanday ko‘rinishga ega?