Nikon jami 250 dollarlik fotograflik videodarslarini vaqtincha bepul taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  854
  •  04.04.2020 13:36

Nikon jami 250 dollarlik fotograflik videodarslarini vaqtincha bepul taqdim etyapti

Hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, kishilarning o‘z uylarida qolishi uchun ko‘plab kompaniyalar turli takliflar qilishmoqda. O‘zbekistonda internet va telefon ikki oygacha o‘chmaydigan qilindi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilyapti, «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi, mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan...

O‘QING: Koronavirusni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni endi internet orqali topshirish mumkin!

O‘z fotoapparatlari va ularning aksessuarlari bilan mashhur bo‘lgan Nikon kompaniyasi ham shunday ishlarga bosh qo‘shdi. Aprelning oxirigacha u suratkashlikni o‘rgatuvchi onlayn darslarini bepul taqdim etmoqda.

Nikon saytida hozir fotograflarga mo‘ljallangan o‘nta darsni bepul tomosha qilib, suratkashlik mahoratingizni oshirishingiz mumkin. Videodarslar ingliz tilida bo‘lib, davomiyligi har xil – 15 daqiqadan bir soatgacha. Kurslarni professional fotograflar olib boradi, ulardan ayrimlari Nikon kompaniyasi vakillaridir. Masalan, ular makros’yomka sirlarini ochishadi, bolalar va jonivorlarni, peyzajlarni suratga olishga o‘rgatishadi va hatto musiqiy kliplar suratga olish bo‘yicha ham maslahatlar berishadi.

O‘QING: Yaxshi selfi qanday olinadi?

«Nikon hamisha o‘z oldiga ijodkorlarni ilhomlantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Hozirgi mavhum davrda biz kishilarga ilhom olishda, qiziquvchanlikni oshirishda va kamolotga intilishda yordamlasha olamiz», deyishadi kompaniya vakillari.

Aytish kerakki, Nikon’ning ushbu videokurslari aslida pulli – har biri 15 dollardan 50 dollargacha narxda. Hozir esa, jami taxminan 250 dollarlik videodarslarni bepul olish imkoni mavjud. Buning uchun kompaniya saytida ism-familiya, elektron pochta manzili va mamlakatini ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tish kifoya.

O‘QING: Kadr ortida: taniqli fotografdan onlayn mashhurlik sirlari (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!