Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

  •   DiMaX
  •  1437
  •  04.03.2019 10:40

Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Keyingi paytlarda o‘yinlar ishlab chiquvchi kompaniyalarda ishlash sharoitlari og‘irligi haqida xabarlar ko‘paymoqda. Buning ustiga, o‘yinlar industriyasining Activision Blizzard, Electronic Arts, ArenaNet va CD Projekt kabi bir nechta vakillari ko‘plab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda.

O‘QING: Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Ammo Nintendo kompaniyasi o‘z xodimlari va unda ishlashni istovchilar uchun deyarli ideal sharoitlarni taklif etyapti, deydi tahlilchi Deniel Ahmad. Ushbu yapon kompaniyasi o‘zining rasmiy saytidagi vakansiyalar sahifasini yangilagan va unda kishining ko‘zini quvnatuvchi raqamlar o‘rin olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Nintendo xodimlarining maoshi yiliga o‘rtacha 80 000 AQSh dollarini tashkil etar ekan. Ular har yilning iyun va dekabr oylarida bonus olishdan tashqari, har yil aprelda oshirilgan oylik olishadi. Ularda ish kuni 7 soatu 45 daqiqa davom etadi – hatto sakkiz soat ham emas! Kompaniya xodimlarining o‘rtacha yoshi 38,6 bo‘lib, aksariyati ushbu korporatsiyada 13,5 yildan beri ishlamoqda.

Nintendo bu yil 81 nafar yangi bitiruvchini ishga qabul qilishni rejalashtirgan, 2018 yilda esa 59 nafar oliy o‘quv yurti bitkazuvchisi o‘z karerasini shu kompaniyada boshlagan.

Tahlilchilarning taxminicha, Nintendo shu tariqa boshqa kompaniyalar yoppasiga ishdan bo‘shatayotgan ishchilar orasidan xodimlar orasidan iste’dodlilarini o‘ziga og‘dirib olishni rejalashtirgan.

O‘QING: Diplomsiz ham oylik maoshi 10 million so‘mlik kasbni tezkorlikda o‘rganing!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!