Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  828
  •  29.04.2019 17:38

Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda

Ushbu yapon kompaniyasi o‘zining videoo‘yinlari hamda Nintendo Switch o‘yin pristavkalari bilan tanilgan. U endi smartfonlar uchun o‘yinlarning beta-versiyalarini taqdim etmoqda.

O‘QING: Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Mazkur kompaniya Android hamda iOS tizimli mobil qurilmalar uchun ham o‘yinlar tayyorlashga kirishgan. Uning rejalarida hozircha ikkita – Animal Crossing: Pocket Camp va mashhur Super Mario Run mavjud.

Ushbu o‘yinlarning beta-sinovida ishtirok etish uchun esa faqatgina AQSh va Yaponiyadagi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘ta olishadi. Xohlovchilarni ro‘yxatga olish 7 maygacha davom etadi. Agarda sinov dasturida qatnashishga talabgorlar ko‘p bo‘lsa, ular qur’a orasidan tanlab olinadi. iPhone va Android-smartfonlar foydalanuvchilarining keng ommasiga esa Nintendo o‘yinlari shu yilning yozida taqdim etiladi.

O‘QING: PlayStation 5 haqidagi Sony xabari millionlab geymerlarning hafsalasini pir qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!