Nissan avtomobil ishlab chiqarish masalasida Apple bilan hamkorlikka tayyorligini aytdi

Nissan avtomobil ishlab chiqarish masalasida Apple bilan hamkorlikka tayyorligini aytdi

Hyundai kompaniyasi o‘tgan yili avtomobil ishlab chiqarish masalasida Apple bilan muzokaralar olib borayotganini aytgan, biroq keyinchalik buni rad etgandi. Bunga kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lganmi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar Apple'da hamkor topish masalasida muammo bo‘layotgani yo‘q.

Nissan vakillarining jurnalistlardan biriga ma’lum qilishicha, yapon kompaniyasi kupertinoliklar bilan hamkorlikka kirishishga tayyor.

Bundan tashqari, ba’zi sanoat analitiklarining fikricha, Apple faqatgina bitta ta’minotchi bilan cheklanib qolmaydi va allaqachon bir necha yapon avtokonsernlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

O‘QING: Apple Car elektromobili ham iPhone 13 bilan birga namoyish etiladi!