No.1 F2 – bir yil davomida zaryadlanmay ishlaydigan smart-soat

No.1 F2 – bir yil davomida zaryadlanmay ishlaydigan smart-soat

No.1 kompaniyasi o‘ziga xos dizayn va interfeysga ega bo‘lgan F2 soatini omma e’tiboriga havola qildi. Soat, asosan, sport bilan shug‘ullanadigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, IP68 standarti bilan suv va changdan himoyalangan, bitta zaryadda 365 kungacha ishlashi mumkin.

4PDA nashrining ma’lum qilishicha, aqlli soat German Dialog DA14580 protsessori bazasida ishlaydi, 1,1 dyuymli ekranga ega, unda vaqt, bosilgan qadamlar soni, kiruvchi bildirishnomalar va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Smartfon bilan sinxronizatsiya Bluetooth 4.0 texnologiyasi asosida amalga oshiriladi.

Modelning narxi hozircha noma’lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.