“No. 1 S9” – NFC texnologiyasiga ega ilk “aqlli soat”

“No. 1 S9” – NFC texnologiyasiga ega ilk “aqlli soat”

“Aqlli soat”lari bilan dunyoga mashhur No. 1 kompaniyasi firma gadjetlari turkumini yangi No. 1 S9 nomli “smart-voch” bilan boyitdi. Mazkur soatda NFC (near field technology), ya’ni yaqin masofada turib aloqa o‘rnatish texnologiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida terminalsiz elektron to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Yangi devays dizayni sport uslubida yaratilgan. Uning uchun charm hamda metall bog‘ichlar ham ishlab chiqarilgan. No. 1 S9’ning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi Band 2 soatlaridan foydalanadigan, yurak urishini aniq o‘lchaydigan pulsometr o‘rnatilgan.

Yumaloq displeyli No. 1 S9 ekranining piksel sig‘imi 240x240 belgiga teng. Uning samaradorligi uchun MediaTek MT2502 protsessori javobgar. Soatning akkumulyatori 380 mA soat elektr tokini sig‘dira oladi. “Aqlli soatni” tachskrin yoki biqinidagi mexanik tugmalar orqali boshqarish mumkin. Bluetooth 4.0 standarti soatni smartfonlar bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, Bluetooth orqali smartfon kamerasini masofadan turib boshqarish, musiqiy tizimni sozlash mumkin. Bundan tashqari, No. 1 S9 smart-vochi juda yengil bo‘lib, bor-yo‘g‘i 55 gramm tosh bosadi.

Mazku “aqlli soat” internet tarmog‘ida $42.99 dollar bahosida sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!