Nodir fotosurat: Stiv Jobs Beats audio-quloqchinlarida

Nodir fotosurat: Stiv Jobs Beats audio-quloqchinlarida

Shu kunlarda «olma» korporatsiyasi asoschisi Stiv Jobsning Beats audio-quloqchinlarini taqib, musiqa tinglayotgan holati aks etgan noyob surati tarqaldi.

Amerikaning Beats Electronics kompaniyasiga 2006 yilda reper Dr. Dre hamda ovoz yozish studiyasi rahbari Jimmi Ayovin tomonidan asos solingan. Beats 2014 yilda, Stivning o‘limidan uzoq vaqt o‘tib Apple tomonidan xarid qilingan.

Stiv Jobs 2006 yildayoq Beats kompaniyasi bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan. Yaqinda suratga olingan hujjatli filmda Jimmi Ayovin do‘stlarini kompaniyasi yaratgan naushniklardan foydalanib, munosabat bildirishga majbur qilgani, ular orasida taniqli audiofil — Stiv Jobsning bo‘lgani to‘g‘risida ma’lum qilgan.  

Beats audio-quloqchinlari bozorga chiqqanida tanqid toshlari ostida qolib ketgan. Naushnikladragi ovoz uzatish tizimining baland va qo‘polligi ko‘pchilikning hafsalasini pir qilgan. Shunday bo‘lsa ham, kompaniya bo‘lsh kelmadi jahonning peshqadam brendlaridan biriga aylandi. Bunda esa Stiv Jobs kabi mohir texnologning tavsiyalari, katta xizmatlari bor. 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!