Nokia 10’ning beshtalik kamerasi qanday ishlashini Carl Zeiss videoda ko‘rsatib berdi

  •   DiMaX
  •  1911
  •  03.02.2018 13:37

Nokia 10’ning beshtalik kamerasi qanday ishlashini Carl Zeiss videoda ko‘rsatib berdi

HMD Global kompaniyasi tomonidan MWC 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilayotgan smartfonlardan biri Nokia 10 smartfoni bo‘ladi. Uning asosiy kamerasi beshta datchikka ega bo‘lishidan xabaringiz bor.

O‘QING: Beshta ob’yektivli inqilobiy kameraga ega Nokia 10’ning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

Ushbu smartfonning asosiy kamerasi haqida «penta-kamera» («beshtalik kamera») atamasini qo‘llashyapti va u rostdan ham beshta moduldan iborat. Faqat bir vaqtning o‘zida ulardan ikkitasigina ishlaydi, qolganlari esa kameraning maxsus doirasimon qopqog‘i ostida turadi. Foydalanuvchiga suratga tushirish uchun qanday effekt kerak bo‘lsa, shundan kelib chiqqan holda kamera ob’yektivlari avtomatik tarzda aylanib, o‘zaro o‘rin almashadi.

Buni Nokia smartfonlari kameralari uchun optikani yetkazib berish bo‘yicha HMD Global bilan hamkorlik qilayotgan Carl Zeiss kompaniyasi olgan patentlar ham tasdiqlaydi. Unda aks ettirilgan suratlar Nokia 10 asosiy kamerasining qanday ishlashini namoyon qiladi.

Taxminlarga ko‘ra, beshtalik kamerasi sharofati bilan Nokia 10 smartfoni fotosuratlar sifatini yo‘qotmagan holda 4 karralik optik zumga, yaxshilangan portret (orqa fonni xiralashtirish) effektiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Nokia 10 narxi, xususiyatlari, batafsil suratlari va videosi!

Shuningdek, Carl Zeiss kompaniyasi o‘zining Twitter-sahifasida antiqa kameraning ishlash prinsipini ko‘rsatuvchi videolavha e’lon qilgan. Unda shu turdagi kamerani joriy yilning o‘zida Nokia qurilmalaridan birida ko‘rishimiz mumkinligi ta’kidlangan.

Marhamat, rolikni birga tomosha qilamiz:

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Nokia 10 smartfoni shu oyning oxirida Barselonada bo‘lib o‘tadigan Mobile World Congress tadbirida namoyish etilmaydi. HMD Global kompaniyasi inqilobiy penta-kameraga ega bu qurilmasini joriy yilning 31 avgustidan 5 sentyabrigacha Berlin shahrida o‘tkaziladigan IFA 2018 xalqaro ko‘rgazmasida taqdim etishni rejalashtirgan bo‘lishi ham mumkin.

Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Besh kamerali ilk smartfon – Nokia X yana bir xususiyati bilan dunyoda tengsiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!