Nokia 5.4 taqdim qilindi — 189 yevroga Snapdragon 662 chipili smartfonga ega bo‘ling

Nokia 5.4 taqdim qilindi — 189 yevroga Snapdragon 662 chipili smartfonga ega bo‘ling

Nokia o‘zining navbatdagi Nokia 5.4 smartfoni bilan o‘rta toifa smartfonlar segmentidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Nokia 5.4 kompaniyaning Snapdragon 662 chipsetida ishlovchi eng so‘nggi hamyonbop smartfoni hisoblanadi. Qurilma to‘rtta kamera va 4,000 mAs akkumulyatorga ega. Smartfonning HD+ IPS LCD ekrani 6.39 dyuym diagonalli bo‘lib, 16MP selfi kamera uchun aylanasimon kemtikka ega.

Orqa panelda esa 48MP asosiy, 5MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralari uchun aylanasimon kamera moduli bor. Kameralar ostida kapasitiv barmoq izi skaneri joylashgan.

Xotira borasida esa, smartfon 4GB operativ, 64/128GB doimiy xotiraga ega. microSD karta uchun slot ham bor. Nokia 5.4 qadoqdan Android 10’da ishlaydi.

4,000 mAs akkumulyator USB-C porti orqali 10 Vt da quvvat oladi.

...

Smartfon siyohrang va ko‘k rang opsiyalariga ega bo‘lib, Yevropada 189 yevrodan sotiladi. Kompaniya qurilmani Hindiston, Shimoliy va Janubiy Amerika, O‘rta Sharq, Afrika va Osiyo davlatlarida sotishni rejalashtirgan.

O‘QING: Nokia PureBook X14 – yupqa alyuminiy-magniy korpusli va 1220 dollarlik noutbuk!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!