Nokia 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita smartfonni taqdim etdi

Nokia 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita smartfonni taqdim etdi

HDM Global (Nokia) IFA tadbirida qayta ishlangan materialdan ishlangan qurilmalarni taqdim etdi. Kompaniya, shuningdek, qurilmalarni foydalanish vaqtini oshirish hamda elektron chiqindilarni kamaytirish uchun doiraviy obuna tizimini ishlab chiqdi. 

Nokia X30 5G

X seriyasidagi ushbu model metal korpusga ega bo‘lib, u 100% qayta ishlangan alyuminiydan tayyorlangan. Orqa panelninsh 65% qismi qayta ishlash plastikdan tayyorlangan. Smartfon qutisi ham 94% qayta ishlangan qog‘ozdan ishlangan. Quti ichida quvvlash adapteri bo‘lmaydi. Bu esa quti hajmini kichraytirishiga hamda uni tashish osonroq bo‘lishiga yordam beradi. 

Nokia X30 5G modeli 6.43 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Kompaniya Nokia 9 PureView modelidan beri smartfonlarga AMOLED displeyi o‘rnatmayotgan edi. Smartfondagi displey rezolyutsiyasi FHD+ bo‘lib, u 90 gertsda ishlaydi, maksimlar yorqinlik 700 nit. Uni Gorilla Glass shishasi himoyalab turadi. 

Orqa panel Gorilla Glass DX+ shishasi bilan qoplangan. U yerdan optik stabilizatsiyaga ega 50MP asosiy hamda 13MP ultrakeng kamera o‘rin olgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi 16 megapikselni tashkil qiladi. 

Smartfon Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan, unchalik kuchli emas, ammo 6 nanometr bo‘lgani uchun quvvat samaradorligi juda yaxshi. Shuningdek, Nokia o‘zining 5G smartfonlariga Snapdragon 480 chipini o‘rnatib kelayotganini hisobga olsak, bu katta o‘zgarish. Xotira hajmining ikki xil turi bor: 6/128GB, 8/256GB (UFS 2.2). 

Kompaniya X30 modelini uch yillik Android hamda havfsizlik yangilanishlari bilan taminlaydi, shuningdek, qurilmaga uch yillik kafolat beriladi. Smartfon Android 12 operatsion tizimida ishlaydi, demak, u Android 15 tizimigacha yangilanadi. Barcha shaxsiy ma’lumotlar Finlandiyaning Hamina shahridagi serverlarda saqlanadi. U yerda Yevropa Ittifoqi qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Xavfsizlik haqida gapiradigan bo‘lsak, smartfonni barmoq izi yoki yuz orqali himoya qilish mumkin. 

Qurilmaga 33 vattda quvvat oluvchi 4,200 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 800 quvvlash tsikldan so‘ng ham akkumulyator o‘zining unumdorlik darajasini saqlab qola oladi. 

Smartfonda USB-C 2.0 porti, ikkita SIM-karta uyasi, simsiz bog‘lanishlar uchun Wi-Fi 6, Bluetooth 5.1, NFC hamda infraqizil porti mavjud. Gadjetning korpusi IP68 standartiga ega.  

Qurilma allaqachon sotuvga chiqarilgan, uning narxi 530 dollardan boshlanadi. Uning Cloudy Blue va Ice White rangli turlari mavjud. 

Nokia G60 5G

Ushbu modelning orqa paneli 100% qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan. Korpusdagi plastikning 60% ham qayta ishlangan. G60 5G ham uch yillik Android hamda havfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlanadi, shu bilan birga, Nokia smartfon uchun uch yillik kafolat beradi. 

Ushbu qurilma ham Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan, biroq uning xotira hajmi X30 5G modelinikidan kichikroq - 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB (UFS 2.2). Xotira hajmini microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Nokia G60 5G modeli 120 gerts chastotada ishlovchi 6.58 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. Maksimal yorqinlik 500 nit bo‘lib, ekran Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. Old panelda 8MP selfi kamera joylashgan. 

Orqa panelda 50MP asosiy (optik stabilizatsiya mavjud emas), 5MP ultrakeng va 2MP sath kamera joylashgan. 

Akkumulyator hajmi X30 modelinikidan ko‘ra biroz kattaroq - 4,500 mAs, u 20 vatdda quvvat oladi. 

Ushbu smartfonga ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta, bitta microSD kartasini o‘rnatish mumkin. Qurilma Wi-Fi 6, Bluetooth 5.1, NFC va IP52 standartiga ega. 

Nokia G60 5G modelining narxi 320 dollardan boshlanadi. 

O‘QING: Samsung ochiqchasiga Apple'ning ustidan kulmoqda! 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!