Nokia 6.1, Nokia 7 Plus va flagman Nokia’lar yuzni tanish funksiyasiga ega bo‘ladi

  •   Saroy
  •  1187
  •  26.06.2018 16:46

Nokia 6.1, Nokia 7 Plus va flagman Nokia’lar yuzni tanish funksiyasiga ega bo‘ladi

Apple nafaqat “gajak”ni urfga kiritdi, balki unday keyin yana bir urf keng tarqaldi:  iPhone X chiqqandan keyin, ishlab chiqaruvchilar qariyb barcha yangi modellarini yuzni tanish funksiyasi bilan ta’minlay boshladi. HMD kompaniyasi ham bu oqimdan chetda qolishni istamay, javob yurishini amalga oshirdi. Hademay Nokia 8 Sirocco, Nokia 8, Nokia 7 Plus va Nokia 6.1 smartfonlari ham o‘z egalarining yuzini taniy oladigan bo‘lishadi.

O‘QING: Nokia X6 xalqaro bozor sari hozirlanmoqda

Kompaniya vakillarining aytishicha, yuz skaneridan yaqin oylarda dasturiy ta’minot yangilangandan keyin foydalanish mumkin bo‘ladi. Apparatlarda birorta maxsus sensor yo‘qligi bois, smartfonni  blokdan yechish uchun old kamera tizimi ishga tushadi. Bunday usul unchalik ishonchli hisoblanmaydi, albatta, qolaversa, bundan keyin ham barmoq izlari skaneridan foydalanishni davom ettirishga hech kim halaqit bermaydi. Ko‘rinib turibdiki, 2017 yilda chiqqan qurilmalar arzon chipsetlari yoki oddiy modelli kameralari bois ro‘yxatga kiritilmagan.

O‘QING: NOKIA 10 – qo‘sh kamerali ajoyib romsiz flagman

Nima bo‘lganda ham, bularning barchasi hozircha gap-so‘zlar, apdeytning chiqish muddati haqida esa,   Nokia Mobile’ning rasmiy  Twitter-akkauntida hech narsa deyilmagan.  

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!