Nokia 8.1 ham taqdim etildi: Nokia X7’ning xuddi o‘zi, faqat NFC-chipli va... naq 60 foizga qimmat!

  •   DiMaX
  •  1336
  •  06.12.2018 11:53

Nokia 8.1 ham taqdim etildi: Nokia X7’ning xuddi o‘zi, faqat NFC-chipli va... naq 60 foizga qimmat!

O‘zi va’da qilganidek, HMD Global kompaniyasi kecha – 5 dekabr kuni Dubayda taqdimot marosimini o‘tkazdi. Unda mazkur smartfonsozning Nokia 8.1 modeli rasman namoyish etildi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Nokia 8.1 sirlariyu suratlari fosh bo‘ldi

Kutilganidek, bu – Xitoyda taqdim etilgan Nokia X7 smartfonining xalqaro bozorga mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib chiqdi. Undagi yagona o‘zgarish – kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi NFC moduliga ega ekanligidir.

Darvoqe, yana bir farqi – narxida: HMD Global bu devays uchun naq 400 yevro so‘rayapti! Aytish kerakki, Nokia X7 smartfonining boshlang‘ich narxi 245 dollarga teng edi.

O‘QING: 245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Xullasi kalom, NFC-chipini aytmasa, Nokia 8.1 modelining texnik jihatlari ham Nokia X7 bilan bir xil. Ya’ni, u Full HD+ formatidagi 6,18 dyuymlik ekranga va Snapdragon 710 protsessoriga ega. Tezkor xotirasi 4, doimiysi esa 64 gigabaytlik; akkumulyatorining tok sig‘imi 3500 mA/soatga teng va u tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Nokia 8.1 asosiy kamerasi 13 va 12 megapiksellik datchiklarga, selfi-kamerasi esa 20 megapiksellik sensorga ega. Smartfon «toza», ya’ni hech bir grafik qobiqsiz Android 9.0 tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Korpusi 154,8x75,7x7,97 millimetrlik, vazni esa 178 gramm keladi. Dunyo bozoriga u uch xil tusdagi – ko‘k, jigarrang va kul rang korpuslarda yetkazib beriladi.

O‘zbekistonda ham ushbu afsonaviy brendning ayrim telefonlari savdoga qo‘yilgan.

O‘QING: Diqqat, Terashop.uz’ga Nokia X6 2018’ning yangi partiyasi keldi, shu va boshqa Nokia telefonlari narxlari bilan tanishing! (2018 yil 5 dekabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!