Nokia 8000 4G va 6300 4G'larni oldindan buyurtma qilish boshlandi

Nokia 8000 4G va 6300 4G'larni oldindan buyurtma qilish boshlandi

HMD'ning KaiOS operatsion tizimida islovchi eng so‘nggi Nokia 6300 va 8000 telefonlarini endi Rossiyada oldindan buyurtma qilish mumkin.

Biroq kompaniya telefonlar qachondan boshlab sotuvga chiqishi borasida aniq bir gap aytmadi.

Nokia 8000 4G modeli qayta ishlab chiqarilgan telefonlar orasida eng premium model hisoblansa-da, eng qimmat telefon emas. Yangi Nokia 8000 7,500 rubl evaziga sizniki bo‘ladi.

Bir xil funksionallika ega Nokia 6300 4G'ni esa 5,000 rubl evaziga sotib olish mumkin. Yangi telefonlar WhatsApp, Google Xaritalar, Google Yordamchisi kabi ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi, 4G tarmog‘ida ishlaydi, mobil faol nuqtadan Wi-Fi tarqatish imkoniga ega.

Ikkala model o‘rtasidagi asosiy farq kameralarda. Nokia 8000 2MP, Nokia 6300 esa antikvar VGA kamerasiga ega. Har ikki model korpusi plastikdan ishlangan.

O‘QING: Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!