Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3868
  •  11.10.2019 10:49

Nokia 8.2 – qadrdon brendning ilk 5G-smartfoni: narxi va xususiyatlari bilan tanishing!

HMD Global kompaniyasi old kamerasi korpusning yuqori qirrasidan chiqadigan smartfon tayyorlayotgani haqida yozdayoq xabarlar tarqalgandi. Endi esa insayderlar Nokia 8.2 rusumli ushbu qurilmaning boshqa xususiyatlarini ham ma’lum qilishdi.

O‘QING: Nokia’ning tugmachali Android-telefonini «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi!

Insayderlar taqdim etgan Nokia 8.2 eskiziga ko‘ra, smartfonning old panelida selfi-kamera uchun kemtik yoki tirqish ham, boshqa datchiklar va so‘zlashuv dinamigi ham bo‘lmaydi.

Yana bitta ma’lumot – Nokia 8.2 modeli Snapdragon 700-turkumdagi protsessor bazasida ishlaydi. Qolaversa, ushbu smartfonning bosh kamerasi to‘rtta datchikni o‘z ichiga oladi. Va nihoyat, bu – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ilk Nokia smartfoni bo‘ladi.

Bulardan tashqari, Nokia 8.2 old kamerasi 32 megapiksellik bo‘lishi aytilmoqda. Smartfon 8 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lib, qadoqdanoq Android 10 operatsion tizim talqini bilan ta’minlanadi.

Ushbu qurilma noyabrning o‘rtalari yoki dekabrning boshida taqdim etilib, 399 yevro narxida sotuvga chiqarilishi kutilayotir. Hozirgacha global bozorga chiqarilgan ayrim Nokia telefonlarini esa allaqachon atigi 299 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: 299 000 so‘mdan boshlangan Nokia, Xiaomi, Philips va Samsung tugmachali telefonlarini Terashop.uz’dan oling! (2019 yil 4 oktyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!