Nokia 9 dizaynini g‘ilofchi kompaniya «sotib qo‘ydi» (+10 surat)

  •   DiMaX
  •  1740
  •  28.11.2017 10:29

Nokia 9 dizaynini g‘ilofchi kompaniya «sotib qo‘ydi» (+10 surat)

Ushbu brend ostida ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning navbatdagisi boshqa ishlab chiqaruvchilarning flagmanlarini ham uyaltirishi aytilmoqda. Kuni kecha Amazon UK onlayn savdo platformasida sotuvga qo‘yilgan g‘iloflar mazkur Nokia 9 modelining dizaynini oshkor etib qo‘ydi, deb yozadi Androidheadlines nashri.

O‘QING: Nokia 9 benchmark testida eng ilg‘or flagmanlarni “uyaltirdi”

Xullasi kalom, Nokia 9 diagonali 5,5 dyuymga teng, chetlari qayrilgan OLED-displeyga ega bo‘ladi. Ekranning yuqori va pastki qismlaridagi romlari kichkina bo‘lsa-da, uni romsiz deb bo‘lmaydi.

Smartfon korpusi IP68 standarti bo‘yicha himoyaga ega. Ekranning tagidagi rom kichikligi sababli, barmoq izi skanerini u yerga sig‘dirish imkoni yo‘q. Shu bois uni orqa panelga – kameraning ostiga ko‘chirishgan. Ehtimol, koreyalik texnogigantning Galaxy Note 8 modelidagi singari, Nokia 9’da ham ko‘z yoyi skaneri ham bo‘lar.

Nokia 9 asosiy kamerasi Carl Zeiss kompaniyasining optikasi tatbiq etilgan qo‘shaloq ob’yektivdan iborat. Bu kamera xuddi Nokia 8 modelidagi kabi ishlaydigan bo‘lishi ehtimoli yuqori: bitta moduli rangli, ikkinchisi esa oq-qora suratlar olish va orqa fonni xiralashtirishga mo‘ljallangan monoxrom sensor.

O‘QING: 888 dollar: qadim brendning yangi flagmani shunchaga baholanadi

Nokia 9 smartfonining asosiy xususiyatlari:

  • Ekran: 5,5 dyuymli, 1440x2560 pikselli, OLED;
  • Chip: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 835 (2,45 GGs chastotali to‘rtta + 1,9 GGs chastotali to‘rtta) + GPU Adreno 540 grafik tezlatgichi;
  • Xotira: 6 yoki 8 GB tezkor, 64 / 128 GB doimiy;
  • Asosiy kamera: qo‘sh sensorli, 13 megapikselli, Carl Zeiss optikasiga ega;
  • Operatsion tizim: Android 7.1.1.

Bir zamonlar mobil telefonlar bozorida «qirol» bo‘lgan Nokia’ning yangi flagmani AQShda 699 dollarga sotiladi. Yevropada esa unga 749 yevro miqdorida narx qo‘yiladi. Biroq devaysning qachon taqdim etilishi hozircha aniq emas.

O‘QING: Nokia 9’ning barcha tafsilotlari bitta videoda: Galaxy Note 8 kabi, faqat qiziqroq

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!