Nokia 9 PureView'ning besh kamerali moduli DxOMark'da hammaning hafsalasini pir qildi

Nokia 9 PureView'ning besh kamerali moduli DxOMark'da hammaning hafsalasini pir qildi

O‘ziga xos besh kamerali modulga ega Nokia 9 PureView bu yil taqdim qilingandi. Light tomonidan yaratilgan ushbu modul sifatli tasvirlar olishda komputatsional fotografiya usulidan foydalanadi. Bu ta’rif aynan ishlab chiqaruvchi tomonidan iddao qilingan xususiyatlar edi, biroq qozonda bori cho‘michga chiqqanda, haqiqiy natijalar kutilganidek bo‘lmadi (boke effektidan tashqari).

DxOMark PureView kamerasining tavsifini e’lon qildi. Natijalar esa ko‘ngildagidek emas. 85% lik ko‘rsatkichi bilan gadjet uch yil oldingi iPhone 7 qayd etgan natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, Nokia 8 Sirocco'dan biroz yaxshiroq xolos.

PureView oddiy rasmlar olishda beshta kamera kombinatsiyasi hamda sath detallari uchun Parvoz vaqti (ToF) datchigidan foydalanadi. Bu esa ajoyib boke effekti va sifatli avtofokus hosil qiladi; mana shu ikki jihat Nokia 9 smartfonining ikki eng maqtarli tomonidir.

Vaholanki, kompaniyaning beshta ob’yektivdan olingan tasvirlarni birlashtirib, o‘ta katta zum hosil qilish va’dasi o‘zini oqlamadi. Google Pixel 3a'dagi yakka kamera Nokia'dan yaxshiroq natija ko‘rsata oldi.

Video yozuv natijalari ham aytarli darajada yaxshi emas. To‘g‘ri, video stabilizatsiyani yuqori baholash mumkin, biroq boshqa jihatlarda kamera anchayin oqsaydi. Nokia 8 Sirocco'ga ham PureView'dan yaxshiroq: 82 ball berilgan. Bundan tashqari, tasvir stabilizatsiyasi elektron bo‘lib, faqat 1080p videolar uchun mavjud. Boshqacha qilib aytganda, 4K videolar stabilizatsiyalanmaydi. Bunday ko‘rsatkichga nima sabab bo‘lganini DxOMark'ning to‘liq hisobotidan o‘qib bilishingiz mumkim.

O‘QING: 900 yil avval loydan yasalgan uyali telefon topildi – ekrani va tugmachalarida shumercha yozuviyam bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!