Nokia Android`da ishlaydigan 18 dyuymli planshet taqdim etishi mumkin

Nokia Android`da ishlaydigan 18 dyuymli planshet taqdim etishi mumkin

Hi-Tech.Mail.Ru nashrining ma’lum qilishicha, GFXBench benchmarkida  Nokia brendi ostida Android platformasida ishlaydigan yirik planshet paydo bo‘lgan.

Planshet 18,4 dyuymli 2K (2560x1440) aniqligidagi displey, 8 yadroli protsessor (sozlangan Adreno 540 grafik chipi bilan) bilan jihozlanadi. Hatto protsessor Snapdragon 835 tipida bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Operativ xotira hajmi 4 GB, doimiy xotira esa 64 GBni tashkil qiladi.

Hozircha qurilma haqidagi boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan. U katta ehtimol bilan fevral oyida o‘tkazilgan MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!