Nokia atigi 70 dollardan boshlanuvchi ikkita smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1665
  •  29.05.2020 14:14

Nokia atigi 70 dollardan boshlanuvchi ikkita smartfon taqdim etdi

HMD Global kompaniyasi arzon smartfonlar assortimentini Android 10 tizimli Nokia C5 Endi hamda Nokia S2 modellari bilan to‘ldirdi. Qizig‘i – bularning ikkinchisi ikkita modifikatsiyada taqdim etilgan bo‘lib, narxlari o‘zaro jiddiy farqlanadi.

O‘QING: Nokia quvvati bir necha haftaga yetuvchi ikkita arzon telefon chiqardi

Nokia C5 Endi Korpusi polikarbonatdan ishlangan bo‘lib, kompaniyaning ta’kidlashicha, minimal vazn bilan yaxshi himoyani ta’minlab beradi. MediaTek Helio P22 protsessorli smartfon 3/64 gigabaytlik xotiraga va microSD-karta uyachasiga ega.

Nokia C5 Endi

Mazkur gadjetning ekrani 6,5 dyuymlik bo‘lib, aniqligi 1600x720 piksellik. Displeyning tomchisimon kemtigida 8 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Nokia C5 Endi bosh kamerasi uchtalik: 13 + 5 + 2 megapiksellik datchiklar va fotochaqnoqdan iborat. Doirasimon kamera blogi ostida barmoq izi skaneri joylashgan.

Bu modelning akkumulyator 4000 mA/soatlik bo‘lib, 10 vattlikkacha tezkor quvvatlana oladi. HMD Global uni AQSh bozoriga 5 iyundan chiqaryapti, narxi 169,99 dollar.

O‘QING: Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Kompaniyaning Nokia C2 modeli esa ikki xil – Tava hamda Tennen nomli ikki xil modifikatsiyada namoyish qilindi. Ularning o‘zaro farqi faqat korpus rangi va narxida, boshqa barcha xususiyatlari mutlaqo bir xil.

Har ikkala versiyadagi Nokia C2 diagonaliga 5,45 dyuymlik, HD+ formatli displey bilan chiqarilgan. HMD Global ularni MediaTek Helio A22 chipseti hamda 2/32 GBlik xotira bilan ta’minlagan, yana microSD-karta ham qo‘ysa bo‘ladi. Bosh kamera qo‘shaloq – tikkasiga joylangan 8 + 2 megapiksellik sensorlarni va chaqnoqni o‘z ichiga oladi.

Nokia C2 Tava

Nokia C2 selfi-kamerasi 5 megapiksellik bo‘lib, undayam fotochaqnoq qo‘llangan. Old kamera egasini yuzidan tanib smartfonni blokdan chiqarish funksiyasiga ega, qurilmada barmoq izi skaneri ko‘zda tutilmagan. Akkumulyatorining tok sig‘imi esa 3000 mA/soatlik.

Nokia C2 Tennen

Eng qizig‘i – faqat nomi va korpusi rangi bilangina o‘zaro farqlanuvchi Nokia C2 Tava hamda Nokia C2 Tennen narxlarida katta farq mavjudligidir! Bulardan birinchisi 109,99 dollarga baholangan bo‘lib, bugundan boshlab Cricket Wireless do‘konlari va uning rasmiy sayti orqali sotilmoqda. Nokia C2 Tennen uchun esa bor-yo‘g‘i 69,99 dollarlik narx belgilangan, lekin uni faqat Xitoydagi do‘konlarda, 15 iyundan sota boshlashadi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia haqida 20 qiziqarli fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!