Nokia birdaniga ikkita arzon 4G-telefon taqdim qildi

  •   DiMaX
  •  1376
  •  12.10.2020 13:33

Nokia birdaniga ikkita arzon 4G-telefon taqdim qildi

22 sentyabr kuni HMD Global kompaniyasi biryo‘la ikkita telefon namoyish qilgan edi. Nokia 2.4 hamda Nokia 3.4 rusumli mazkur qurilmalar arzon bo‘lsa-da, har ikkalasiyam NFC moduli bilan ta’minlangan.

O‘QING: Nokia uchta modelda tugmachali 4G-telefon chiqaryapti: sun’iy ongli, YouTube, WhatsApp va Facebook’li!

 HMD Global kompaniyasi o‘z yurtida yana ikkita telefonni shov-shuvlarsiz namoyish etdi. Bular Nokia 215 4G hamda Nokia 225 4G rusumli tugmachali telefonlar bo‘lib, ular tegishlicha 2015 yilgi Nokia 215 hamda 2014 yildagi Nokia 225 modellarining 4G-versiyalaridir.

Umuman olganda, bu ikki qurilma dizayniga ko‘ra o‘zaro o‘xshab ham ketadi. Lekin Nokia 225 4G telefonida kamera mavjud bo‘lsa, Nokia 215 4G modelida hatto uyam yo‘q.

Nokia 215 4G devaysi ikki xil – qora va qizil tusli korpuslarda taklif etiladi. HMD Global unnig rasmiy narxini ma’lum qilmagan, shunga qaramasdan, Xitoydagi ayrim do‘konlar allaqachon uning uchun 43 dollardan oldindan buyurtma olishyapti.

O‘QING: Nokia smartfonlarining Android 11’ga yangilanish yo‘l xaritasi chiqdi!

Nokia 225 4G modeli qora, ko‘k va tilla rang korpuslarda 17 oktyabrdan sotila boshlaydi. Uning uchun 52 AQSh dollariga teng narx belgilangan.

Har ikkala gadjetning korpusi polikarbonatdan ishlangan, ular 4G hamda VoLTE texnologiyasiga, FM-radio va microSD formatli xotira kartasi uchun slotga ega.

O‘QING: 95 dollarlik Nokia C3 chiqdi: Android 10 tizimli smartfon naq 400 GB xotirani qo‘llab-quvvatlaydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.