Nokia brendi ostida endi noutbuk yoki planshetlar ham chiqadi!

  •   DiMaX
  •  409
  •  30.11.2020 11:26

Nokia brendi ostida endi noutbuk yoki planshetlar ham chiqadi!

Xabaringiz borki, «qayta tirilgan» Nokia brendli smartfonlarni endi finlar yoki Microsoft emas, balki HMD Global kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Ushbu nomdagi aqlli televizorlarni bo‘lsa umuman boshqa – Flipkart kompaniyasi taqdim etib kelmoqda.

O‘QING: Nokia diagonali 75 dyuymgacha bo‘lgan yettita modelda Smart TV taqdim etdi

Aftidan, Nokia brendli mahsulot turlarining assortimenti kengayishi bu bilan tugamaydi. Hindiston standartlar byurosi (BIS) uning bir qator yangi qurilmalarini sertifikatsiyadan o‘tkazdi va ularning model raqamlari NKi510UL85S, NKi510UL82S, NKi510UL810S, NKi510UL165S, NKi510UL1610S, NKi310UL82S, NKi310UL85S, NKi310UL42S41SKi310UL ekan.

Sertifikatsiya ko‘rsatishicha, bu yangi qurilmalar smartfon yoki televizor emas, balki noutbuk va planshetlar toifasiga mansub:

Nokia brendli mazkur gadjetlar muayyan bir turdagi devaysning turli o‘lchamli displeyga ega modellari bo‘lishi ham mumkin. Ularni kelasi yilning yanvarida bo‘lib o‘tadigan CES 2021 ko‘rgazmasida namoyish etishlari ehtimoli yuqori.

O‘QING: Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!