Nokia bu yil yana to‘rtta smartfon taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  1682
  •  13.07.2017 13:56

Nokia bu yil yana to‘rtta smartfon taqdim etadi

Shu paytgacha chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Nokia jami yettita yangi smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ulardan uchtasi – Nokia 3, Nokia 5 va Nokia 6 modellari allaqachon taqdim etilgan. Demak, joriy yilning ikkinchi yarmida bu brend yana to‘rtta aqlli telefon ishlab chiqaradi, deyiladi GizmoChina xabarida.

Mazkur yangi smartfonlar Nokia 2, Nokia 7, Nokia 8 hamda Nokia 9 nomlari ostida shu yil oxirigacha chiqarilishi kerak. Ularning ayrim xususiyatlari hozirdan ma’lum. Keling, ularga nazar solamiz.

Nokia 2

Xitoydagi manbaning so‘zlariga qaraganda, Nokia 2 modeli turli hududlar uchun ikki xil talqinda ishlab chiqariladi. Ulardan biriga Snapdragon 212 protsessori asosida ishlaydigan bo‘ladi, ikkinchisiga esa MediaTek’ning hozircha noma’lum bir chipi o‘rnatiladi. Demak, Nokia 2 hamyonbop smartfon bo‘lishi kutiladi.

Nokia 7 va Nokia 8

Nokia 7 modeliga Snapdragon 630 chipseti qo‘yiladi; Nokia 8 esa, Snapdragon 660 chipiga egaligiga qaraganda, undan ko‘ra baquvvatroq smartfon bo‘ladi. Avvalroq chiqqan gap-so‘zlarga ko‘ra, Nokia 7’ning asosiy kamerasi bitta ob’yektivli bo‘ladi, Nokia 8 esa Zeiss optikasiga ega qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Aytish kerakki, Nokia shuhratini Zeiss optikasi yordamida qaytarish maqsadida o‘zaro bitim tuzilgani ham ma’lum.

Shuningdek, sizib chiqqan ma’lumotlarga qaraganda, bu kuchli model 2K ekran, 6 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. 12 megapikselli qo‘shaloq kameraga ega ushbu qurilma Android 7.1.1 Nougat tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Nokia 7 esa, aftidan, Full HD ekran bilan ta’minlanadi.

Nokia 9

Nokia 9 gadjeti esa, xabarlarga ko‘ra, ilg‘or Snapdragon 835 asosida ishlaydigan flagman bo‘ladi. Unga diagonali 5,3 dyuymga teng bo‘lgan QHD-displey, 13 megapikselli qo‘shaloq kamer hamda 8 gigabayt hajmdagi tezkor xotira o‘rnatilishi aytilgan. Uzoq kutilgan mazkur flagman kuzda 699 dollar narxida sotuvga chiqishi mumkin.

 Xabarda aytilishicha, Nokia 9, Nokia 8, Nokia 7 hamda Nokia 2 modellari 1–6 sentyabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2017 tadbirida namoyish etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!