Nokia diagonali 75 dyuymgacha bo‘lgan yettita modelda Smart TV taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  529
  •  27.11.2020 14:03

Nokia diagonali 75 dyuymgacha bo‘lgan yettita modelda Smart TV taqdim etdi

Ko‘proq smartfonlari bilan tanilgan Nokia brendi ostida televizorlar ham chiqarilayotganidan xabaringiz bor. Lekin ularni telefonsoz HMD Global emas, balki Flipkart kompaniyasi ishlab chiqaradi.

O‘QING: Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

Yevropada ushbu brendning biryo‘la yettita rusumdagi, ekrani diagonaliga 32 dan to 75 dyuymgacha bo‘lgan, Smart TV funksiyali televizorlari taqdim etildi. Ularning o‘ziga xosliklari – chet ustqurmalarsiz Android TV versiyasi, hajmli ovoz yangratish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi, ichdan yoritiluvchi boshqaruv pulti hamda keng ko‘lamdagi interfeyslardir.

Yangi chiqqan Nokia Smart TV’larning barchasi to‘rt yadroli ARM CA55 protsessori bazasiga qurilgan va Mali 470 MP3 grafik tezlatgichi qo‘llangan. Televizorlarning tezkor xotiralari 1,5 GB, ichki xotiralari esa 8 GB hajmga ega; faqat 32 dyuymlik versiyada 1 gigabaytlik «operativka» qo‘llangan. Ularning barchasi Android TV 9.0 operatsion tizim talqinida ishlaydi.

O‘QING: 4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

Ushbu modellar tizimining yana bir o‘ziga xosligi – boshqaruv pultida ichdan yoritish qo‘llanganidir.

Nokia Smart TV’lar simsiz aloqa modullaridan Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 4.2 bilan ta’minlangan. Ularning korpuslarida to‘rttadan HDMI porti (bittasi ARC’ni qo‘llab-quvvatlaydi), ikkitadan USB 2.0 Type-A hamda bittadan Ethernet portlari mavjud. Televizorlarning akustikasi uchun moщnostyu quvvati 12 Vt (32"), 20 Vt (43", 50", 55", 58") va 24 Vt (65", 75") bo‘lgan dinamiklar mas’ul bo‘lib, barchasi Dolby Digital Plus hamda DTS Sound texnologiyalariga ega.

O‘QING: TCL o‘rama ekranli antiqa televizorini namoyish qildi! («jonli» video)

Bu televizorlar Yevropada yaqin orada sotuvga chiqadi, ularning narxlari displey diagonaliga ko‘ra quyidagicha:

Nokia Smart TV 32" — €399,90

Nokia Smart TV 43" — €549,90

Nokia Smart TV 50" — €599,90

Nokia Smart TV 55" — €699,90

Nokia Smart TV 58" — €799,90

Nokia Smart TV 65" — €899,90

Nokia Smart TV 75" — €1399,90

O‘QING: Nokia ikkita smart-televizor taqdim etyapti: bittasi eng arzoni bo‘ladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!