Nokia ekrani 7 dyuymlik arzon smartfon tayyorladi

  •   DiMaX
  •  1163
  •  25.07.2020 15:34

Nokia ekrani 7 dyuymlik arzon smartfon tayyorladi

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida navbatdagi smartfonni ishlab chiqdi. TENAA saytidagi sertifikatsiya tufayli bu model haqdagi ma’lumotlar va surati ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Nokia atigi 70 dollardan boshlanuvchi ikkita smartfon taqdim etdi

Yangi smartfonning texnik nomi Nokia TA-1258 bo‘lib, bozorga qanday model sifatida taqdim etilishi hozircha noma’lum. Ma’lum bo‘lgan jihatlariga esa quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Mazkur smartfon ekranining o‘lchami diagonaliga 6,99 dyuymlik bo‘lib, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Displey rezolyusiyasi Full HD+ formatida (1440x720 piksellik). Protsessor markasi aytilmagan, lekin uning 8 yadroli ekanligi va 1,6 GGs takt chastotasi bilan ishlashi ma’lum. Shunga va tezkor/doimiy xotira hajmi 2/32 gigabaytlik ekaniga qaraganda, bu smartfon past narxga ega bo‘ladi.

O‘QING: Afsonaviy Nokia 3250 esingizdami? Vivo esa shunaqa form-faktorli smartfon patentladi!

Nokia yangi smartfonida Android 10 talqinidagi operatsion tizim qo‘llanadi (ehtimol, bu zaif qurilmalarga moslangan Android Go versiyasi bo‘lar). Smartfon ikkita SIM-karta slotiga ega va to‘rtinchi avlod uyali aloqa – LTE standartida ishlay oladi.

Akkumulyatorining tok sig‘imi 3040 mA/soatlik bo‘lib, tezkor quvvatlana oladi. Old kamera 5 megapiksellik aniqlikka ega; 8 megapiksellik bosh kamera esa ikki karralik optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera ostida barmoq izi skaneri joylashgan.

Qurilmaning korpusi 159,6x77x8,5 millimetrlik o‘lchamda bo‘lib, Xitoyda uni Nordic Blue hamda Sand Gold ranglarda sotishadi. Nokia C turkumidagi arzon smartfonlardan bo‘lishi taxmin qilinayotgan ushbu devaysning taqdimot va bozorga chiqish vaqtlari hozircha noma’lum.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!