Nokia endi shunchaki telefon brendi emas!

Nokia endi shunchaki telefon brendi emas!

O‘z davrining eng zo‘ri, bir paytlar telefonlar bozorining qiroli bo‘lgan Nokia brendi 60 yil ichida ilk marotaba o‘z logotipini yangiladi. Barselonadagi MWC 2023 boshlanishidan bir kun avval Nokia kompaniyasi yangi brend ko‘rinishi va dramatik o‘zgarishni e’lon qildi. Avvalgi qalin shrift va ko‘k kit ranggidagi brend logotipi o‘zgartirildi va endi uning o‘rnini futuristik dizayndagi yangi logotip egallangan.

"Ko‘pchilikning fikricha, biz hali ham muvaffaqiyatli mobil telefon brendimiz, ammo, Nokia faqat bu haqida emas", deydi kompaniya rahbari Pekka Lundmark. "Biz tarmoqlar va sanoatni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratadigan yangi brendni ishga tushirmoqchimiz, bu eski mobil telefonlardan butunlay boshqacha narsa."

Biroq eski Nokia logotipi hali o‘lmagan. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya o‘zining iste’mol tovarlari bilan shug‘ullanadigan litsenziya egalariga sevimli logotipdan foydalanishda davom etishlari mumkinligini tasdiqlagan. Gap shundaki, so‘nggi yillarda chiqarilgan Nokia telefon, planshet yoki boshqa elektronikalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Nokia tomonidan emas, balki unga tegishli bo‘lgan boshqa kompaniya, HMD Global tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi.

Shunday qilib, Nokia endi siz o‘ylagan avvalgi smartfon ishlab chiqaruvchi brend emas. U yangi logotip bilan biznes texnologiyalari kompaniyasi hisoblanadi. Shu bilan birga, eski logotip ham yashashda davom etadi.

O‘QING: Xiaomi 13 seriyasi global bozorga taqdim qilindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!