Nokia eng arzon qo‘sh kamerali smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  2083
  •  11.10.2018 15:08

Nokia eng arzon qo‘sh kamerali smartfonini taqdim etdi

HMD Global kompaniyasi bugun Hindistonda Nokia 3.1 Plus smartfonini rasman namoyish qildi. Bu – mazkur brendning juft kamerali eng hamyonbop modelidir.

O‘QING: Nokia’ning eng arzon ilg‘or smartfoni sotuvga chiqyapti

Nokia 3.1 Plus smartfoni tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatdagi, o‘lchami diagonaliga 5,99 dyuymlik IPS-displeyga ega. Uning tasvir sifati HD+ formatida, ya’ni 1440x720 pikselli.

Unga nisbatan arzon, ammo sakkiz yadroli MediaTek P22 protsessori o‘rnatilgan. 12 nanometrlik texnologik jarayonga asoslangan ushbu chip, masalan, Xiaomi Redmi 6 modelida ham qo‘llanadi.

Nokia 3.1 Plus xotira hajmiga ko‘ra ikki xil: 2/16 hamda 3/32 gigabaytlik variantlarda chiqariladi, yana microSD-kartani ham qabul qiladi. Smartfonning asosiy kamerasi 13 va 5 megapikselli ikkita sensorni o‘z ichiga oladi, selfilar uchun esa ekran tepasiga 8 megapikselli old kamera qo‘ndirilgan. Mazkur kameralarning ikkalasi ham orqa fonni xiralashtirib portret rejimida suratga olish qobiliyatiga ega. Korpusining orqa panelida, ob’yektivlari tikka joylashgan kamera ostida barmoq izi skaneri ham mavjud.

Android 9 Pie operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi ushbu qurilma Android One dasturi doirasiga kiradi. Nokia 3.1 Plus quloqchin uchun 3.5 millimetrlik tirqish hamda an’anaviy micro USB porti bilan ta’minlangan. Uning «quvvat toshi» – 3500 mA/soatlik batareya hisoblanadi.

O‘QING: Keyingi haftadayoq Nokia X turkumida yana bitta yangi smartfon chiqyapti!

Nokia 3.1 Plus smartfoni 19 oktyabrdan Hindistonda, moviy, kul rang va oq tusli korpuslarda sotuvga chiqariladi. Uning tezkor va doimiy xotirasi 3/32 gigabayt bo‘lgan boshlang‘ich talqini uchun 11499 rupiy narx belgilangan. Bu esa taxminan 150 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Darvoqe, mazkur brendning afsonaviy telefoni yangi talqinda qayta ishlab chiqarilganidan xabaringiz bor. Terashop.uz internet-do‘konimizda shu Nokia 3310 (2017) modelini 462 000 so‘mga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’dan 999 000 so‘mgacha narxga qanday smartfonlar olish mumkin?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!