Nokia flagmani va boshqa smartfonlari yaxshigina arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2133
  •  22.07.2019 14:49

Nokia flagmani va boshqa smartfonlari yaxshigina arzonlashdi!

HMD Global kompaniyasi joriy yilning boshida Nokia 9 PureView fotoflagmanini namoyish qilgan edi. «Revolver kamerali» ushbu qurilma o‘shanda ayrim kompaniyalarning flagman smartfonlaridan arzonroq – 700 yevroga narxlangandi.

O‘QING: Ana bo‘lmasam! Nokia 9 PureView’ni saqich qog‘ozi bilan buzib kirishdi!

Shunga qaramasdan, o‘shandayoq ko‘pchilik kuzatuvchilar Nokia 9 PureView bu narxiga arzimaydi, deb hisoblashgandi. Sabablari o‘rinli: avvalo, ushbu kamerofon o‘tgan yilgi – Snapdragon 845 protsessoriga asoslangan. Qolaversa, bundan ham arzonga xitoylik smartfonsozlarning flagmanlarini olish mumkin. Bulardan tashqari, uning pentakamerasi bozorda inqilob yarata olmadi – ko‘pchilikka uning shunchaki keragi yo‘q. Yana uning taqdimotdan salgina avval Geekbench’da sharmanda bo‘lgani ham ishning beliga tepdi-yov...

Kompaniya o‘shandayoq Nokia 9 PureView modelini ayrim mamlakatlarda e’lon qilinganidan ham arzon – 600-650 yevrodan sotuvga chiqargandi. Endi esa, oradan yarim yil o‘tib, mazkur fotoflagman yanada arzonlashtirildi. Jumladan, endi uni Germaniyada atigi 530 yevro, Buyuk Britaniyada esa 450 funt sterling (atigi 500 yevro) evaziga olish mumkin.

Nokia 9 PureView flagmanidan tashqari, mazkur brend yana bir nechta rusumlardagi smartfonlari narxlarini ham pasaytirdi. Masalan, Yevropa mamlakatlarida endi Nokia 8.1 modeli 310-315 yevro, Nokia 7.1 smartfoni 192 yevro, Nokia 6.1 devaysi esa 134 yevro evaziga sotilmoqda.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Nokia telefonlarini atigi 239 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Nokia'ning 2000 dollarlik smartfonini tomosha qilamiz!