Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

  •   DiMaX
  •  2401
  •  13.11.2020 13:46

Nokia ikkita afsonaviy telefonini 4G-versiyada taqdim etdi (+videolar)

HMD Global kompaniyasi ikkita rusumdagi tugmachali telefoniga «qayta jon baxsh etmoqchi» ekanligi haqida yozgan edik. Ishlab chiqaruvchi ularni Nokia 6300 4G hamda Nokia 8000 4G nomlari ostida namoyish qildi.

O‘QING: Mashhur Nokia N95 hozirga vaqtda yaratilsa qanaqa ko‘rinishda bo‘lardi? (Video)

O‘z darida Nokia 6300 modeli biznes-telefon sifatida ilgari surilgan va muvaffaqiyatli tarzda – 35 milliontadan ortiq sotilgan edi. Nokia 6300 4G uning dizaynini saqlab qolgan va to‘rtinchi avlod uyali aloqa qo‘llab-quvvatloviga ham ega bo‘lgan.

Nokia 6300 4G telefoni 2,4 dyuymlik QVGA ekran, VGA kamerasi, 512 MB tezkor va 4 GB doimiy xotiraga ega. Uning samardorligiga Qualcomm Snapdragon 210 chipi, avtonomligiga esa 1500 mA/soatlik akkumulyator mas’ul. HMD Global uni FM-radio, Wi-Fi hamda Bluetooth modullari, 32 gigabytgacha microSD-karta uyachasi va 3,5 millimetrlik audiotirqish bilan ta’minlagan. Yevropada uni 49 yevro narxida sotishadi.

O‘QING: Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

Nokia 8000 4G modeli bo‘lsa oldingi Nokia 8000 telefoniga uncha o‘xshmaydi. Kompaniya uni diagonaliga 2,8 dyuymlik displey, 2 megapiksellik kamera bilan jihozlagan. Yevropa bozorida bu telefon uchun 79 yevro so‘rashadi

Yangilangan telefonlarning har ikkalasi klassik – monoblok form-faktorida bo‘lib, moddiy klaviaturasi bor. Ular 4G tarmog‘ida ishlay olishidan tashqari, WhatsApp hamda Facebook orqali muloqot qilishga, YouTube’da video ko‘rishga ham yaraydi. Bulardan tashqari, har ikkala qurilmaga ham Google Xaritalari hamda ovozli Google Assistant yordamchisi qo‘shilgan. Ularda Wi-Fi orqali internet tarqatish mumkinligi esa hozirgi kunda juda asqotadi.

O‘QING: Nokia 3.4 hamda Nokia 2.4 taqdim etildi: NFC chipli arzon smartfonlar! (+videolari)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!